9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-bob. Nazorat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 213.95 Kb.
bet23/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

2-bob. Nazorat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
4. Nazorat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari hamda topshiriqlari;
adliya organlari yillik (choraklik) ish rejalari;
notariusdan olingan ma’lumotlar tahlili;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Tizimdagi ma’lumotlar tahlili;
ommaviy axborot vositalarida berilgan yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan (kelib tushgan) qonunbuzilish holatlari haqida axborot beruvchi xabarlar va ma’lumotlar;
boshqa tashkilotlardan olingan ma’lumotlar.
5. Nazorat tadbirlari adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi, kameral tekshirish o‘tkazish bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nazorat tadbirini o‘tkazishni o‘zining quyi turuvchi tarkibiy bo‘linmalariga yuklashga haqli.
Nazorat tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan birgalikda o‘tkazilishi mumkin.
6. Nazorat tadbiri o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinganidan so‘ng, navbatdagi ish kunidan kechiktirmasdan bu haqda adliya organi nazorat tadbiri o‘tkaziladigan notarius(lar)ni yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi lozim, bundan reyd va “sirli mijoz” ko‘rinishidagi nazorat tadbirlarini o‘tkazish hollari mustasno.
Xabarnoma (xat)da nazorat tadbiri o‘tkazish uchun asos, tekshiriladigan notarius familiyasi, ismi, otasining ismi, u faoliyat yuritayotgan notarial okrug nomi, tekshirish nazarda tutilgan davr oralig‘i, yo‘nalish yoki holat va uni o‘tkazish muddati, ishchi guruh tarkibi ko‘rsatilishi zarur.
Xabarnomaga namunaviy savolnoma ilova qilinadi.
7. Ishchi guruh nazorat tadbirini o‘tkazishda:
notarial idora binosiga kirish, notarial harakatlarning maxfiyligi va qonun bilan qo‘riqlanadigan ma’lumotlarni sir saqlash tartibiga rioya qilish sharti bilan nazorat tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, Tizimdan foydalanishga;
notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga;
nazorat tadbiri o‘tkazish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida bitim, ariza va boshqa hujjatlar ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazishga, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ulardan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish va olishga haqlidir.
Ishchi guruh reyd o‘tkazilayotgan vaqtda yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda:
notarius faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish, lozim bo‘lganda ulardan nusxalar olish;
reyd o‘tkazilayotgan vaqtda kuzatuv (video) moslamalari va video tasvirga tushiruvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;
notarial idora binosida o‘rnatilgan kuzatuv (video) moslamalaridagi yozuvlarning arxivini kunning ma’lum bir qismi yoki aniq bir soat bo‘yicha ko‘zdan kechirish va nusxa olish huquqlariga ega.
Ishchi guruh a’zolari nazorat tadbiri o‘tkazilayotgan notariusdan barcha hujjatlarni olishga haqli.
Ishchi guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Ishchi guruh quyidagilarga majburdir:
nazorat tadbiri o‘tkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlar nusxalarini nazorat tadbiri o‘tkazilayotgan notariusga taqdim etish;
nazorat tadbirini savolnoma asosida olib borish;
nazorat tadbirini to‘liq, sifatli va xolisona o‘tkazish;
nazorat tadbiri o‘tkazish vaqtini tekshirish o‘tkazilayotgan notarius ish vaqti bilan muvofiqlashtirish;
nazorat tadbiri o‘tkazilayotgan notarial idora xodimlariga nisbatan muomala madaniyatini saqlash, ular bilan xolis, prinsipial va kasb etikasi talablaridan kelib chiqib muomala qilish;
nazorat tadbiri davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan xizmat va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
nazorat tadbiri davomida notariusdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va materiallarni but saqlanishini hamda tekshirish yakunlangandan so‘ng qaytarilishini ta’minlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.
Ishchi guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
9. Ishchi guruh rahbari nazorat tadbiri o‘tkazish davomida quyidagi vazifalarni bajarishi shart:
ishchi guruh a’zolarining bir-biri bilan uzviy aloqadorligi va birligini ta’minlash, ularga uslubiy rahbarlik qilish;
ishchi guruh a’zolari tomonidan nazorat tadbiri davomida mansab suiiste’molligiga yo‘l qo‘yilishining oldini olish, nazorat tadbirining xolisona o‘tkazilishini ta’minlash;
nazorat tadbiri natijasini umumlashtirish, tahlil qilish hamda uning muhokamasini tashkil qilish;
ishchi guruh a’zolarining mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etishini nazorat qilish.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling