9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
-§. Qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish tartibi
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
2-§. Qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish tartibi
22. Qisqa muddatli tekshirish reyd, “sirli mijoz” va xizmat tekshiruvi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli tekshirish yakunlari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, adliya organi notarius (lar)ga tegishli choralar ko‘rish uchun o‘n kun muddatda tegishli malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi. 23. Reyd o‘tkazish orqali tekshirishda adliya organi buyrug‘i bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan notariuslarning o‘z faoliyati davomida qonunchilik hujjatlariga, mehnat va ijro intizomiga, Notariuslarning kasb etikasi qoidalariga rioya etilishi to‘satdan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. 24. Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. Reyd tadbirini o‘tkazish muddati bir ish kuni etib belgilanadi. 25. Har bir notariusning faoliyati hisobot yili davomida kamida bir marotaba reyd o‘tkazish orqali tekshiriladi. Reyd tadbiri davomida notariuslarning uch kunlik amalga oshirgan ishlari tanlov asosida o‘rganilishi mumkin. 26. Notariuslar faoliyatida o‘tkaziladigan reyd tadbirlariga lozim bo‘lgan taqdirda, reyd tadbirini o‘tkazayotgan adliya organi rahbarining ruxsati bilan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin. 27. Reyd tadbiri mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida o‘tkaziladi. Savolnomada ko‘rsatib o‘tilgan har bir masala yuzasidan aniqlangan holatlar reyd natijasi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada aks ettirilishi lozim. 28. Notarius faoliyatida reyd tadbirlari ish vaqti davomida o‘tkaziladi. Bunda notarius tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish to‘xtatib qo‘yilmasligi lozim. 29. Notarius tegishli hujjatlarni ishchi guruhga so‘ralgan vaqtda taqdim etilishini ta’minlashi lozim. 30. Faoliyatida reyd o‘tkazilayotgan notarius quyidagi huquqlarga ega: reyd o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishish; reyd natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaga nisbatan o‘zining e’tirozlarini yozma tarzda bildirish. Notarius qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 31. Faoliyatida reyd o‘tkazilayotgan notarius quyidagilarga majbur: ishchi guruhga tekshirish o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish; reyd o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni, ko‘chirma nusxalarni va boshqa axborotlarni taqdim etish; ishchi guruhning tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmaslik; ishchi guruh a’zosining xizmat vazifalarini bajarishiga nisbatan har qanday ta’sir o‘tkazmaslik; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 32. Reyd natijasi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan joyning o‘zida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va reyd o‘tkazgan shaxslar tomonidan imzolanadi hamda tekshirish o‘tkazilgan notariusga tanishtiriladi. Notarius dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, u ishchi guruhga asoslantirilgan fikr va e’tirozlari bayon etilgan tushuntirish xatini taqdim etishi shart. Notarius tushuntirish xati yozishdan bosh tortgan taqdirda, ishchi guruh tomonidan bu haqda dalolatnomada tegishli yozuv qayd etiladi. 33. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi reyd davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun notariusda qoldiriladi. 34. Xizmat zarurati tufayli tekshirish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi shart. 35. “Sirli mijoz” tadbiri adliya organi rahbarining buyrug‘iga asosan muntazam ravishda o‘tkaziladi. 36. “Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda o‘tkaziladi: notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uyg‘otganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlari kelib tushganda. 37. “Sirli mijoz” tadbiriga adliya organining mas’ul xodimlari, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z ixtiyoriga ko‘ra jamoatchilik asosida ishtirok etishga rozilik bergan vakillari jalb qilinishi mumkin. Yuridik shaxs vakilining tekshirish jarayonidagi vakolati chegarasi, tekshirish o‘tkazishning tartibi, shartlari va muddatlari adliya organi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi. Shartnomaga asosan “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazishga jalb qilingan fuqarolar va yuridik shaxs vakillari tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarni adliya organi rahbarining ruxsatisiz oshkor qilishi taqiqlanadi. 38. “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish uchun bir ish kuni, davomli notarial harakatlar uchun — ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi. 39. “Sirli mijoz” sifatida jalb qilingan fuqaro yoki yuridik shaxs vakili huquqiy xizmat ko‘rsatilishini so‘rab notariusga murojaat qiladi. “Sirli mijoz”ning vazifasi notarial idoraga fuqaro (mijoz) sifatida borish, o‘ziga ma’lum bir xizmatni ko‘rsatilishini so‘rash, tegishli xizmat ko‘rsatilishidan oldin imkon darajasida idora ish faoliyatini kuzatish hisoblanadi. “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish davomida: bino atrofi va xonalarning tozaligi; xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi; xizmat ko‘rsatish vaqtida muomala va kiyinish madaniyatiga rioya etilishi; Notariuslarning kasb etikasi qoidalariga amal qilinishi; stress vaziyatlarda xodimlarning fuqarolar bilan qanday munosabatda bo‘lishi; notariusning bilim darajasi; notariusning korrupsion holatlariga moyilligi; notarius tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunchilik hujjatlariga lozim darajada rioya etilmayotganligi (masalan, xizmat ko‘rsatilishi uchun ortiqcha hujjatlar so‘rashi yoki aksincha zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilmasligi) holatlari o‘rganiladi. 40. “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazishda yashirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishi mumkin. Ushbu moslamalar yordamida yozib olingan ma’lumotlar adliya organi tomonidan to‘liq qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hollardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 41. “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish jarayonida notariusni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish va undash, shu jumladan nizoli, bahsli holatlarni va kamchiliklarni sun’iy ravishda keltirib chiqarish taqiqlanadi. 42. “Sirli mijoz” tadbiri yakunlari bo‘yicha uni o‘tkazgan tegishli adliya organi tomonidan ma’lumotnoma tuziladi. “Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish jarayonida notarius tomonidan ortiqcha pul mablag‘lari undirilganligi yoki korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yganligi holatlari aniqlangan taqdirda, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va uning natijasiga ko‘ra hujjatlar tegishliligiga ko‘ra malaka komissiyasiga (taqdimnoma orqali) va (yoki) huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. 43. Xizmat tekshiruvi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, ommaviy axborot vositalarida notariusning xatti-harakatlari yuzasidan chop etilgan tanqidiy materiallarda bayon etilgan holatlarga aniqlik kiritish, Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, reyd, “Sirli mijoz” tadbirlari va kameral tekshirishlar natijasida aniqlangan holatlarni tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. 44. Xizmat tekshiruvi adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida besh ish kuni davomida o‘tkaziladi. Adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida mazkur muddat qo‘shimcha besh ish kuniga qadar uzaytirilishi mumkin. 45. Agar xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan notarius litsenziyasining amal qilishi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, notariusning Tizimdan foydalanishini darhol cheklash uchun ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasiga yuboriladi. 46. Xizmat tekshiruvi davomida notarius tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning holati, sabablari va sharoitlari, nojo‘ya xatti-harakat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan aniq bir xodim va shaxslarning aybdorlik darajasi aniqlanadi. 47. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan notarius buyruq bilan tanishtirilishi shart. 48. Notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganda, xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan holat yuzasidan undan yozma tushuntirish talab qilinadi. Notarius yozma tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda ishchi guruh tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma ishchi guruh a’zolari yoki tushuntirish berishdan bosh tortganligini tasdiqlaydigan boshqa xodimlar tomonidan imzolanadi. Notariusning tushuntirish berishdan bosh tortishi xizmat tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. 49. Ishchi guruh a’zolari notarial idoraning boshqa xodimlaridan ham tushuntirishlar talab qilishga haqli. 50. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish jarayonida ishchi guruh quyidagilarni aniqlaydi: notarius tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi faktini tasdiqlovchi holatlarni; notarius tomonidan aynan qaysi normativ-huquqiy hujjat talablari buzilganligini. 51. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan notarius: sodir etilgan xatti-harakat yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish orqali yozma tushuntirishlar berish, o‘z tushuntirishining mohiyati bo‘yicha dalillarni taqdim qilish; xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha uni o‘tkazish hujjatlari, shuningdek xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki xulosa bilan tanishishga haqli. 52. Ishchi guruh tomonidan xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha adliya organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan ma’lumotnoma yoxud xulosa tuziladi. Ushbu ma’lumotnoma yoki xulosa bir nusxada rasmiylashtiriladi. 53. Xizmat tekshiruvi ma’lumotnomasi yoki xulosasi notariusga tanishtirilishi shart. Notarius xizmat tekshiruvi ma’lumotnomasi yoki xulosasi bilan tanishishdan bosh tortsa, bu haqida dalolatnoma tuziladi. 54. Xizmat tekshiruvi natijasida nojo‘ya xatti-harakat fakti aniqlangan taqdirda, adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi ma’lumotnomasi yoki xulosasi va to‘plangan hujjatlar tegishliligiga ko‘ra malaka komissiyasiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling