9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli


Download 213.95 Kb.
bet33/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

8-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni foydalanish qulay hamda xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqlash hamda umumiy mol-mulkdan foydalanish masalalarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish:
bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan (bundan buyon matnda ko‘p kvartirali uyni bevosita boshqarish deb yuritiladi);
yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi (bundan buyon matnda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi deb yuritiladi) tomonidan shartnoma asosida;
bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda davlat tomonidan ko‘maklashish
9-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Davlat joylar mulkdorlarining, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarning, shirkatlarning huquqlari ta’minlanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, ularni rivojlantirishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
uy-joy-kommunal sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan standartlarni takomillashtirish;
ko‘p kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish;
kommunal xizmatlar haqini to‘lash tizimini takomillashtirish;
uy-joy-kommunal sohasida xizmatlar ko‘rsatishda raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek imtiyozli kreditlar berish;
kam ta’minlangan oilalarga ko‘p kvartirali uylarni saqlash bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlashni va ularni qayta tayyorlashni amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylardan foydalanishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilish va boshqa choralar ko‘rish.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling