9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar


Download 213.95 Kb.
bet30/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlari yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga”;
b) 5-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) joydagi” so‘zlari “eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan joydagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarorida:
a) qaror nomidagi va 1-banddagi “Notarius” so‘zi “Davlat notariusi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilova (Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
nomidagi “Notarius” so‘zi “Davlat notariusi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “notarius” so‘zi “davlat notariusi (keyingi o‘rinlarda notarius deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlar kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali va ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtotransport vositasini 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, ularning nomidan qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiy yoki homiylari) ishtirok etadi”;
b) 24-bandning uchinchi xatboshisidagi “o‘gay ota-ona” so‘zlari “farzandlikka oluvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 45-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlarining yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shaklda tuziladigan ijara shartnomalariga nisbatan qo‘llanilmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma, arxiv hujjatlaridan nusxalar, mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar va arxiv ma’lumotlarini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi”;
b) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ariza beruvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelgan holda murojaat etadi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza beruvchi davlat xizmatlari olish uchun so‘rovnomani elektron tarzda mustaqil ravishda, platformada joylashtirilgan ma’lumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan so‘rovnomaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi”;
v) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ariza beruvchi tomonidan YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda hujjatlarning asli talab etilmaydi. Bunda ushbu ma’lumotlar idoraviy notarial arxiv xodimlari tomonidan so‘rov yuborish va idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi”;
g) 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi”;
d) 12-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar — so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 2 ish kuni mobaynida”;
e) 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda xabarnoma ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboriladi”;
j) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. To‘lov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
8,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
z) 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda arxiv hujjati elektron shaklda vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining elektron pochtasiga yuboriladi. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari ariza beruvchining talabiga ko‘ra qog‘oz shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin”;
i) 1-ilovada:
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “murojaat qilish” so‘zlaridan keyin “yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich pozitsiyasi “Subyektlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP”;
3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arxiv hujjatini rasmiylashtirish, uni o‘zining ERIsi bilan tasdiqlash va murojaatni qabul qilish manbasidan kelib chiqib, tegishliligi bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborish”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
“61. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida saylovoldi tashviqotini olib boruvchi subyekt tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda o‘tkaziladi. Bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi 156-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yordamchisini” so‘zi “stajorini” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-bandning uchinchi xatboshisi “majburiy” so‘zidan keyin “to‘liq” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilingan davlat bojining notariuslarga yo‘naltiriladigan qismi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli elektron taqsimlash to‘lov tizimi orqali taqsimlanadi”;
28-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda” so‘zi “va (yoki)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “va” so‘zi “va (yoki)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “kompleks, maqsadli yoki nazorat tekshiruvlari” so‘zlari “tekshirishlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
37-banddagi “odob-axloq” so‘zlari “kasb etikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Notariusning faoliyatini tekshirishga Notarial palata xodimi yoki uning boshqaruv a’zolaridan biri yoxud notariuslar jalb qilinishi mumkin”;
45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Notarius litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yoxud boshqa uzrli sabablarga (notarius mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish va (yoki) bola parvarishlash ta’tillariga chiqqanda, ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilganda va boshqa hollarda) ko‘ra adliya boshqarmalari Notarial palataning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda ushbu notariusning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish hamda aholiga notarial xizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa notariusga vakolat beradi va bu haqda tegishli buyruq rasmiylashtiriladi”;
b) 2-ilovaning 19-bandida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“talabgorda O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
v) 4-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Har bir okrugdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar soni ushbu notarial okrugdagi notariuslar lavozimlari eng kam sonining uch baravaridan oshmasligi lozim”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi”.
21-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki ko‘chmas mulk yoxud uning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaxsga o‘tkazilgan qismi haqida belgi qo‘yadi, shuningdek o‘z imzosi va muhrini qo‘yib, nusxasini olib qoladi”;
22-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar. Bunda tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi”;
23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kadastr ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki ko‘chmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, shuningdek ko‘chmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qo‘shimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi bo‘lmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash xonasiga o‘zgartirgan bo‘lsa yoki boshqacha tarzda o‘zgartirgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish bo‘limining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini taqdim etishni talab qiladi”;
36-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy ro‘yxatga olinmagan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
b) 2-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
16-band ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Notarius tomonidan bitim tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi uni ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp yoki ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi”;
24-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi.
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
v) 3-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolar — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Shartnomani rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi”;
19-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi”;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Shartnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy propiskasiz O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
g) 4-ilovada:
10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qo‘yish, mol-mulkni boshqa shaklda o‘zgaga o‘tkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Notarius murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
19-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius tomonidan tegishli ma’lumotlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi”;
27-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi”;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Ishonchnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy ro‘yxatga olinmagan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytarib beriladi”;
d) 5-ilovada:
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi”;
23-bandning oltinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Merosdan voz kechish haqidagi arizalar notarial tasdiqlanishi lozim”;
29-bandda:
quyidagi tahrirdagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishi mumkin.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi”;
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi-o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Guvohnoma berishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar.
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy ro‘yxatga olinmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
48-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Notarius guvohnoma berishni rad etganda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undirilgan to‘lovlar qaytarib beriladi”.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling