T/r
|
O‘rganiladigan masala
|
1.
|
Qonun hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sohaga oid hujjatlari va topshiriq xatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ta’minlanishi
|
2.
|
Ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik yoki kechikib kelish
|
3.
|
Ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki toksik moddalar ta’siridan mastlik holatida kelish
|
4.
|
Notarius tomonidan mansab (xizmat) vazifasini (vakolatini) suiiste’mol qilinishi (lavozimi bo‘yicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanish) va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishdagi, nomunosib bo‘lgan ma’naviy xatti-harakatlarni sodir etilishi
|
5.
|
Xizmat sirlari bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish
|
6.
|
Xodimlar o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tarzda texnika xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qo‘pol ravishda buzishi
|
7.
|
Idorada ish yuritishni tashkil qilish va ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, vazirlik ko‘rsatmalarining mavjudligini va ularga rioya etilish ahvolini o‘rganish
|
8.
|
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qonun hujjatlari va ichki hujjatlarning mavjudligi hamda ularga rioya etilishi
|
9.
|
Notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarning mavjudligi
|
10.
|
Notariuslarning kasb etika qoidalariga rioya etilishi
|
11.
|
Xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida u yoki bu harakati yoxud harakatsizligi uchun pul, moddiy qimmatliklar, qimmatbaho buyumlar va xizmatlar ko‘rinishida haq olmaslik
|
12.
|
Notarial harakatlarni amalga oshirishning qonuniyligi
|
13.
|
Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflashning kunlik ijrosi
|
14.
|
Notarius tomonidan notarial harakatlarning “Notariat to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) talablari asosida rasmiylashtirilganligi va ular bo‘yicha davlat bojini undirishning kunlik amaliyoti, jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilinadigan hujjatlarning asosliligi
|