9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
-modda. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
38-modda. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: shirkat ustavini tasdiqlash hamda zarur bo‘lgan taqdirda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish; umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini va shirkat mol-mulkini saqlashga, ulardan foydalanishga hamda ularni ta’mirlashga doir ishlarning yillik rejasini, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash; shirkatning yillik daromadlari va xarajatlari smetasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash; shirkat a’zolari majburiy badallarining miqdorini tasdiqlash; boshqaruvchining yoki boshqaruv tashkilotining nomzodini tasdiqlash; shirkat boshqaruvi raisiga, a’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash; shirkat xodimlarining ish haqi miqdorini va ularni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; shirkatning maxsus jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘larini sarflash tartibini belgilash; umumiy mol-mulkdan, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan va shirkat mol-mulkidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash; shirkat a’zolarining shirkat boshqaruvi raisi, a’zolari hamda taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish; ko‘p kvartirali uydagi joylarni rekonstruksiya qilish, qayta qurish va qayta rejalashtirishni kelishib olish tartibini belgilash; bitta uydagi joylar mulkdorlarining mablag‘laridan boshqa uyning ehtiyojlari uchun foydalanish tartibini belgilash, mazkur mablag‘larning va ularni qaytarishning hisobini yuritish; umumiy mol-mulkni ijaraga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; qarz mablag‘larini, shu jumladan bank kreditlarini olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi; shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadidan (foydasidan) foydalanish yo‘nalishlarini belgilash; uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga kirish hamda ulardan chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; shirkatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling