9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI


Download 213.95 Kb.
bet81/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq to‘lash
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undiriladi.
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
211-modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idora xodimlari ta’til va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lovlar qonunchilikda belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.
Notarial idora xodimlariga davlat va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(211-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling