9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Download 213.95 Kb.
bet84/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

42-bob. Notarial palata
224-modda. Notarial palataning maqomi
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir.
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
(224-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno.
Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(224-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling