9. Ichki yonuv dvigatellari va gaz turbinali qurilmalar ssikllari


Download 158.34 Kb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi158.34 Kb.
#1070289
1   2   3   4   5   6
16.1–rasm.

16.2–rasm.

16.3–rasm.

Boshlang‘ich parametrlari p1,1, T1 bo‘lgan ishchi jism 1–2 adiabata bo‘yicha 2 nuqtagacha adiabatik siqiladi. Ishchi jismga 2 nuqtadan boshlab 2–3 izobara bo‘yicha q1 issiqlik miqdori keltiriladi. Keyin ishchi jism 3–4 adiabata bo‘yicha boshlang‘ich bosimgacha kengayadi va 4–1 izobara bo‘yicha boshlang‘ich holatga qaytadi. Bunda q2 issiqlik chiqariladi. Siklni tavsiflovchi kattaliklar: bosimni kompressorda ortish darajasi =p2/p1 va izobar kengayish darajasi =v3/v2


Keltirilgan issiqlik miqdorini quyidagi formuladan aniqlaymiz:

q1=cp(T3-T2),


olib ketilgan issiqlik miqdorini esa quyidagi formuladan aniqlaymiz:


q2=cp(T4-T1)


Siklning termik F.I.K. quyidagiga teng:




(16.1)

T2, T3 va T4 temperaturalarni ishchi jismning boshlang‘ich temperaturasi T1 orqali ifodalaymiz:


1 –2 adiabata uchun

2 – 3 izobara uchun:



3 – 4 adiabata uchun :

Olingan temperatura qiymatlarini (16.1) formulaga qo‘yamiz:


(16.2)

yoki
(16.3)


t uchun keltirilgan ifodalardan ko‘rinib turibdiki, uning kattaligi bosimning ortish darajasiga, shuningdek adiabata ko‘rsatkichiga bog‘liqdir, bu kattaliklar ortishi bilan t ko‘payadi.


16.3. Issiqlik v=const da uzatiladigan GTQ




16.4-rasm.


16.4 – rasmda issiqlik o‘zgarmas hajmda yonadigan GTQ ning sxemasi ko‘rsatilgan. Bu qurilmada kompressor 6 da siqilgan havo resiver (bosimni rostlaydigan idish) 7 dan havo klapani 8 orqali yonish kamerasi 1 ga keladi. Shu yerga yoqilg‘i nasosi 5, yoqilg‘i klapani 9 orqali suyuq yoqilg‘ini uzatadi. Yonish maxsulotlari soplo klapani 2 orqali o‘tib, soplo 3 da kengayadi va turbina rotori 4 ni aylantiradi. Yonish kamerasiga avvalo ma’lum parametrli siqilgan havo, keyin yoqilg‘i uzatiladi. Shunda hosil bo‘lgan ish yoqilg‘isiga elektr uchquni uzatiladi va ish yoqilg‘isi yonadi.
Bu yonish natijasida yonish kamerasidagi bosim keskin ortadi. Ish yoqilg‘isi to‘la (kamida 95%) yongandan so‘ng uning temperaturasi 20000S ko‘tariladi. Shunda yonish kamerasidagi bosim eng yuqori qiymatga yetadi. Ana shundagina 2 klapan ochiladi. Shu paytda yonish mahsulotlari temperaturasini 700–9000S gacha pasaytirish uchun sovuq havo uzatiladi.
16.5 va 16.6-rasmlarda shu siklning Pv va Ts diagrammalari tasvirlangan. Bu siklda 1 – 2 adiabatik siqilish;
2–3 – ishchi jismga issiqlik keltirish;
3–4 – adiabatik kengayish;
4–1 – boshlang‘ich holatga qaytish.
Siklni tavsiflovchi kattaliklar: =p2/p1 – bosimni ortish darajasi va =p3/p2 – bosimni qo‘shimcha ortish darajasi.
Keltirilgan issiqlik quyidagi formuladan:

q1=cv(T3-T2),


olib ketilgan issiqlik esa quyidagi formuladan aniqlanadi:


q2=cr (T4-T1).





Download 158.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling