9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


 Valyuta kursinng makroiqtisodiy siyosatga ta’siri


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

27. Valyuta kursinng makroiqtisodiy siyosatga ta’siri
1 – masala 
 
1. 
Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar 
AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar 
dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad 
oladi (AQShmi, yoki Germaniyami). 
Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang. 
2 – masala 
2. 
Faraz qilaylik, yevroga nisbatan dollarning kursi 1:3, ya’ni bir xil tovar 
AQShda masalan 400 dollar tursa, Germaniyada bu tovarning narxi 1200 yevro 
bo‘ladi. Agar dollarning kursi sun’iy ravishda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksport 
qiluvchi qo‘shimcha daromad oladi (AQSh yoki Germaniya)? Bu qo‘shimcha 
daromadning hajmini aniqlang. 
3 – masala 
3. 
Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A 
mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A 
mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi. 
a) 
B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday 
bo‘lish kerak? 
b) 
Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab 
chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish 
uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak? 
4 – masala 
4. 
Xarid qobiliyati paritetiga ko‘ra agar Frantsiyada televizor 500 yevro va 
Xitoyda 2000 yuanga sotilsa, unda nominal ayirboshlash kursi - bir birlik yevroning 
yuan miqdorida ifodalangan bahosi - qanday bo‘ladi? 
5 – masala 
5. 
Quyidagi jadvalda Yevroga bo‘lgan talab va taklif keltirilgan: 
Yevroning bahosi 
(dollarda) 
Yevroga bo‘lgan talab 
(mln. yevro) 
Yevroning taklifi (mln. 
yevro) 
 


570 
1,5 
200 
300 


571 
1,4 
220 
270 
1,3 
240 
240 
1,2 
260 
210 
1,1 
280 
180 
a) 
Dollar va yevroning barqaror valyuta kurslarini aniqlang. 
b) 
Valyuta bozorida dollar va yevro qanday hajmda sotib olinadi? 
6 – masala 
6. 
O‘zbekistonda bir yillik inflyatsiya sur’ati -7%, Qozog’istonda nominal 
foiz stavkasi 16%ni, bir yillik inflyatsiya sur’ati esa 12%ni tashkil etadi. Bir 
mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kapital quyilishi bo‘lmasligi uchun 
O‘zbekistonda nominal foiz stavkasi nechaga teng bo‘lishi kerak. 
7 – masala 
7. 
B mamlakatning hukumati o‘z valyutaning ayirboshlash kursini A 
mamlakatning milliy valyutasiga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A 
mamlakatdagi bir yillik inflyatsiya sur’ati 5%ni tashkil etadi. 
a) 
bu maqsadga erishish uchun B mamlakatdagi inflyatsiya sur’ati qanday 
bo‘lishi kerak? 
b) 
muomaladagi pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va real ishlab chiqarish 
hajmining bir yillik o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, uzoq muddatli davrda valyuta 
kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’ati qanday bo‘lishi kerak? 


572 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling