9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

2 – masala 
2. 
Uzoq muddatli AS egri chizig’i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig’i 
P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig’i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi 
(M) 1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig’i P=1.25 
darajasigacha ko‘tarildi. 
a) shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat 
nuqtasining koordinatlari qanday? 
b) iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun 
Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak? 
3 – masala 
3. 
Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga 
olib keldi. 
a) 
bu siyosat AD egri chizig’ida qanday aks ettiriladi? 
b) 
qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda 
narxlar darajasi qanday o‘zgaradi? 
4 – masala 
4. 
Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i quyidagicha 
berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada 
joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi 
(M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 
darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. 
AD egri chizig’i o‘zgarmagan. qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi 
muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang. 


553 
5 – masala 
5. 
Potentsial YaIM (Y) 3000ga teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,0 
darajada gorizontal ko‘rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha: 
Y = 2000 + M/R. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS 
egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish hajmini potentsial 
darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga 
oshirishi mumkin? 
6 – masala 
6. 
O‘tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 
3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko‘rinishi: Y= 3270 – 3P. Potentsial YaIM 
o‘zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va 
uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang. 
7 – masala 
7. 
Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi va neft narxlari keskin tushib 
ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD, AS egri chiziqlarini, ishlab 
chiqarish hajmini hamda narxlar o‘zgarishini ko‘rsatib bering. 
8 – masala 
8. 
2013 yilda potentsial YaIM 400 ni tashkil etdi va yalpi talab egri chizig’i 
quyidagi tenglama bilan ifodalandi Y=4200-2R. 2014 yilda potentsial YaIM 1 foizga 
o‘sdi va yalpi talab egri chizig’ining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi 
Y=4200-2R. 2014 yilda narxning muvozanatli darajasi necha foizga o‘zgarganini 
aniqlang? 


554 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling