9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
19 mavzu amaliy
2 – masala
2. Iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoni yuz bermoqda, buning natijasida Markaziy bank muomaladagi pul massasini qisqartirish maqsadida rezerv me’yorini 10 foizdan 12 foizga oshirdi. Agar dastlabki omonat miqdori 20 mlrd.so‘mni tashkil etsa, rezerv me’yori o‘zgargunga qadar va u o‘zgargandan keyingi rezerv summasini, bank multiplikatorini hamda tijorat banklari tomonidan yaratiladigan pullar miqdorini aniqlang hamda qanday pul-kredit siyosati o‘tkazilishini izohlang. 3 – masala 3. Iqtisodiyotda ishsizlik jarayoni yuz bermoqda, Ishsizlik bilan kurashish maqsadida monetar yondoshuvga ko‘ra Markaziy bank muomaladagi pul massasini oshirish maqsadida rezerv me’yorini 12 foizdan 10 foizga tushirdi. Agar dastlabki omonat miqdori 50 mlrd.so‘mni tashkil etsa, rezerv me’yori o‘zgargunga qadar va u o‘zgargandan keyingi rezerv summasini, bank multiplikatorini hamda tijorat banklari tomonidan yaratiladigan pullar miqdorini aniqlang hamda qanday pul- kredit siyosati o‘tkazilishini tavsiflang. 4 – masala 4. Agar joriy hisoblardagi mablag’lar 500 mlrd.so‘mni, aholi qo‘lidagi naqd pullar 400 mlrd.so‘mni tashkil etgan, Markaziy bank rezerv me’yorini 12 foizdan 10 foizga tushirgan bo‘lsa, unda quyidagilarni aniqlang va pul-kredit siyosatini izohini bering. 1. Pul taklifini 2. Deponentlash koeffitsientini 3. Pul bazasini 557 5 – masala 5. Agar aholi qo‘lidagi naqd pullar 900 mlrd.so‘mni, rezervlar summasi 600 mlrd. so‘mni tashkil etgan, Markaziy bank rezerv me’yorini 12 foizdan 10 foizga tushirgan bo‘lsa, unda quyidagilarni aniqlang va pul-kredit siyosatini izohini bering. 1. Pul bazasini 2. Deponentlash koeffitsientini 3. Pul taklifini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling