9-laboratoriya ishi solod tarkibidagi amilolitik ferment faolligini aniqlash Ishning maqsadi
Download 244.33 Kb. Pdf ko'rish
|
9-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Natijasi
Ishni bajarish tartibi
: Kalibrovkali egri chiziq tuzish . Kalibrovkali grafik tuzish uchun 0,1 % li eruvchan kraxmal eritmasi ishlatiladi kraxmalni birlamchi eritmasini quyidagi sxema bo’yicha kamaytirib tayyorlanadi. - eritma № 1: 2 ml (tekshirilayotgan eritma, 1 mg/ml); - eritma № 2: 9 ml (tekshirilayotgan eritma) + 1 mlsuv; - eritma № 3: 8 ml (eritma № 2) + 1 mlsuv; - eritma № 4: 7 ml (eritma № 3) + 1 mlsuv; - eritma № 5: 6 ml (eritma № 4) + 1 mlsuv; - eritma № 6: 5 ml (eritma № 5) + 1 mlsuv; - eritma № 7: 4 ml (eritma № 6) + 1 mlsuv; - eritma № 8: 3 ml (eritma № 7) + 1 mlsuv; - eritma № 9: 2 ml (eritma № 8) + 2 mlsuv; - eritma № 10: 2 ml (eritma № 9) +2 mlsuv. Probirkalar ichidagini aralashtiriladi(probirkalarda 2 ml dan eritma qolishi kerak). Har bir probirkaga 2 ml dan yodni ishchi eritmasidan qo’shamiz. (0,1 n HCl da tayyorlanadi). Probirka ichidagini aralashtirib, hosil bo’lgan kraxmal yod kompleksini optik zichligini fotoelektrokolorimetrda, α = 670 nm o’lchaymiz. O’lchashni och rangli eritmadan boshlaymiz.Kontrol namuna uchun shu reaktivlar ishlatiladi. Faqat kraxmal o’rniga distirlangan suv ishlatiladi. Hosil bo’lgan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi va kalibrovkali egri chiziq tuziladi. Ko’rsatkichlar Natijasi Kraxmal,mg/ml Optik zichlik Solod fermentlarini ajratib olish. α – amilazani solod ferment kompleksining asosiy eritmasidan α – amilazani inaktivlashtirish (aktivligini yo’qotish) bo’yicha ajratiladi. 100 ml hajmdagi kolbaga 20 ml solodning asosiy eritmasidan solib, 15 minut davomida 70 0 C haroratda qizdiramiz. α – amilaza shu haroratda inoaktivlashadi. Qizdirilgan eritmani sovutamiz va α – amilazani aktivligini aniqlash uchun ishlatamiz. α – amilazani aktivligini pH 5,5....5,8 bo’ladi, sovutilgandan keyin eriitmaga 4 ml pH 5,6 fosfatli bufer qo’shiladi. α – amilaza solod sutidan (solodovaya vo`tyajka) α – amilazani nordon muhitda inaktivlashtirish yo’li bilan ajratiladi. 100 ml hajmli kolbaga 20 ml solodni asosiy eritmasi solib, muzli hammomda 10 minut davomida ushlab unga 1 ml 0,1 n li HCl eritmasini qo’shamiz. Hosil bo’lgan eritmani muz hammomida 15 minut qoldiramiz va unga 3 ml pH 6,0 fosfatli bufer qo’shamiz (α – amilaza uchun optimal pH) Download 244.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling