9-laboratoriya mashg‘uloti huawei firmasining c&C08 tizimi misolida uks№7 Yangi yo‘nalishini tadqiq etish


Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot


Download 462.64 Kb.
bet2/3
Sana25.03.2023
Hajmi462.64 Kb.
#1294472
1   2   3
Bog'liq
1678971894 (1)

9.4 Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot

Hisobotga quyidagilarni keltirish lozim;


1. Nazariy qismning qisqacha mazmuni.
2. Bajarilgan ish bo‘yicha olingan ma’lumotlar.
9.5. Nazorat savollari

1. UKS № 7 sonli signalizatsiya nima?


2. Signal birligi va uning turlari tushintiring.
3. MSU formatini tushuntiring.
4. FISU formatini tushuntiring.
5. LSSU formatini tushuntiring.
6. MPT 1 bajaradigan funksiyasi nimadan iborat?
7. MPT 2 bajaradigan funksiyasi nimadan iborat?
8. MPT 3 bajaradigan funksiyasi nimadan iborat?
9. SCCP bajaradigan funksiyasi nimadan iborat?
10. Umumkanal signalizatsiyada ishlatiladigan tushunchalarni keltiring.
11. Xatolarni korreksiya qilish usullari tushintiring.
12. MMS komandalarining vazifasi va ularning parametrlari nimalardan iborat?
9.6 Nazariy qism


Umumiy kanal signalizatsiya UKS №7

Oldingi qurilgan signalizatsiyani uzatish ikki varianti: so‘zlashuv trakti va ajratilgan kanal orqali signalizatsiyani uzatish quyidagi kamchilikka ega:


- uzatish tezligi past;
- yetarli moslashishga ega emas;
- iqtisodiy tomondan qaraganda qimmatga tushadi;
- utkazuvchanlik qobiliyati chegaralangan.
Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun 1980 yilda 7 - sonli signalizatsiya yaratildi. Bunda aloqa tarmog‘idan mantiqan ajratilgan signalizatsiya tarmog‘ini yaratilgan (1.2-rasm).



9.2-rasm. Signalizatsiya tarmog‘i


So‘zlashuv kanali aloqa o‘rnatilganidan so‘ng ishlatiladi, ya’ni signalizatsiya trakti so‘zlashuv traktidan butunlay ajratiladi. Bir necha marotaba yuqori tezlikka ega bo‘lgan signal xabarlarini uzatuvchi kanallar yordamida ko‘p sonli axborot kanallariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Umumiy kanal signalizatsiyasida signal axborotlari dupleks kanallari bo‘yicha uzatiladi. Bu kanallardan ma’lumotlar paketi uzatiladi (1.3-rasm). Bu ma’lumotlar paketi signal birligi (SU) deb ataladi.





9.3-rasm. Umumiy kanal signalizatsiyasi


Umumiy kanal signalizatsiyasi CCS №7 ning afzalliklari:


- tezligi – 1 sekundda aloqa o‘rnatadi;
- yuqori unumdorlikka ega. Har bir signalizatsiya raqami (signal zvenosi) bir paytda bir necha ming telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsata oladi;
- tejamkorligi. Zarur uskuna soni kamayadi;
- ishonchliligi. Signalizatsiya tarmog‘ida qo‘shimcha marshrutlarining ishlatilishi, asosiy aloqa tarmog‘ining ishonchliligini oshiradi:
- epchilligi. Ixtiyoriy ma’lumotlarni uzata oladi.
7 sonli signalizatsiya o‘zaro hamkorligi OSI etalon modelining uchta darajasiga mos keladi: fizik satx, kanal satxi, tarmok satxiga mos keladi. CCS №7 arxitekturasida quyidagi nomlardagi tizimchalar mavjud: NSP – xizmat ko‘rsatish tizimchasi;
MTP- xabarlarni uzatish tizimchasi; SCCP – signalizatsiyani bog‘lashni boshqarish tizimchasi.
Demak CCS №7 4 ta funksiyani bajaradi:
1. Xabarlarni uzatish tizimchasining birinchi darajasi MTR 1 (signalizatsiya ma’lumotlar zvenosi) – bu ikki yo‘nalishli uzatish yo‘li, ya’ni ikkita fizik kanal tushuniladi. Bu kanallar qarama-qarshi yo‘nalishda bir vaqtni o‘zida, bir xil tezlik bilan signalizatsiya xabarini uzatadi. Kanal raqamli yoki analog, yoki yerning sun’iy yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin. Raqamli kanal tezligi 64 kbit / s. Analog kanal uzatish tezligi esa 4,8 kbit /s bo‘ladi.
2. Xabarlarni uzatish tizimchasining ikkinchi darajasi (kanal) MTR 2 (signalizatsiya zvenosi) – signal xabarlarini ishonchli uzatishni amalga oshiradi.
3. Xabarlarni uzatish tizimchasining uchinchi darajasi (tarmok) MTR 3 (signalizatsiya tarmog‘i) signal xabarlariga ishlov berish va signalizatsiya tarmog‘ini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni xabarlarning marshrutini aniqlash, saralash qilish, yo‘nalishlarga taqsimlash signalizatsiya punkti yoki zvenosi, hamda ishdan chiqqan xabar marshrutini o‘zgartirish kiradi.
4. Signalizatsiya zvenosini boshqarish tizimchasiga SCCP – MTR ga qo‘shimcha bo‘lib tarmoq xizmatini ko‘rsatishga ishlatiladi.

Download 462.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling