9 - laboratoriya mashg`uloti.
Mavzu. Go`ng tarkibidagi ammiakli azotni Mamchenko-Romashkevich usulida aniqlash.
Mashg`ulotning maqsadi. Organik o`g`itlarga kislota ta`sir etib, tarkibidagi ammiakli azot miqdorini aniqlash.
Kerakli reaktivlar, idishlar, jihozlar:
1. 0,05 n xlorid kislota eritmasi.
|
7. Filtr qog`ozi.
|
2. Segnet tuzining 25 % li eritmasi.
|
8. Kolba, 1000 ml.
|
3. Nessler reaktivi.
|
9. Konussimon kolbalar, 200-300 ml.
|
4. Distillangan suv.
|
10. Pipetka, 10 ml.
|
5. Analitik tarozi.
|
11. Shisha silindr, 10 ml.
|
6. Go`ng namunasi.
|
12. O`lchov kolbalar, 50, 250 ml.
|
Go`ng, go`ng sharbati, xo`jalik va sanoat chiqindilari, qushlar chiqindisi, ipak qurti chiqindisi kul va shunga o`xshashlar organik o`g`itlardir (23-rasm).
Organik o`g`itlar tarkibida azot, fosfor, kaliy, mikro-elementlar va suv bo`ladi hamda ular har hil nisbatda uchraydi. Organik o`g`itlar tuproqning biologik faoliyatini tezlashtiradi, tuproq strukturasini yaxshilaydi, tuproqdagi oziq elementlarni o`simlik o`zlashtirishini yaxshilaydi. Shuning uchun organik o`g`itlardan to`g`ri foydalanish, ularni saqlash yo`llarini o`rganish va ular tarkibidagi oziq elementlarni aniqlash katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |