9 laboratoriya mashg`uloti. Mavzu. Go`ng tarkibidagi ammiakli azotni Mamchenko-Romashkevich usulida aniqlash


-rasm. Hammabop mahalli organik o`g`itlar


Download 275.25 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi275.25 Kb.
#1171558
1   2   3
Bog'liq
10-laboratoriya mashg\'uloti.

23-rasm. Hammabop mahalli organik o`g`itlar.


Uslubning mohiyati. Ammiak eritmadan ajralishi bilan bir vaqtda 0,5 n xlorid kislota bilan birikadi:


NH3 + HCl = NH4Cl

Bu tajribada xlorid kislota qo`llashning afzalligi shundaki, u organik birikmalar kislota ta`sirida parchalanmaydi, natijada tajriba aniq ishlanadi. Eritmaga Nessler reaktivi ta`sir ettirilganda sariq rang hosil bo`ladi, u kalorimetr yordamida tekshiriladi:




NH4Cl + 4KOH + 2K2HgI4 = NH2Hg2OH + 7KI + KCl + 3H2O


Ishni bajarish tartibi. Tarozida tortilgan go`ng dastlab maydalanib, so`ngra aralashtiriladi. Agar go`ng nam bo`lsa, 25 g (chinni kosachada), quruq bo`lsa 5 g tortib olib, 1 litrli og`zi keng kolbaga solinadi, ustiga 500 ml 0,5 n xlorid kislota eritmasidan quyiladi. Hosil bo`lgan aralashma 30 minut davomida chayqatiladi va qavariq filtr qog`oz orqali filtrlanadi. Filtrat tiniq bo`lishi uchun uni chayqatib, go`ngning qattiq qismidan filtr qog`ozi ustiga solinadi yoki filtratning birinchi ulushi to`kib tashlanadi. Tiniq filtratdan 10 ml olib, 250 ml o`lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha suv qo`yiladi. Hosil bo`lgan eritma yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan eritmadan 25 ml olib, 100 ml li o`lchov kolbaga solinadi, ustiga 25 protsentli segnet tuzi eritmasidan 4 ml qo`shiladi (kalsiy va magniy tuzlari cho`kmaga tushmasin uchun segnet tuzi qo`shiladi). Kolbaning yarimisigacha yoki ¾ qismigacha distillangan suv quyib, ustiga Nessler reaktividan 4 ml qo`shiladi va kolbaning belgisigacha distillangan suv quyiladi. Kolba bir necha bor chayqatilib, kalorimetrda ko`riladi.



Download 275.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling