9-ma’ruza (2 soat) 15-mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari(2 soat). Reja


Download 36.39 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi36.39 Kb.
#1021774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

Iqtisodiy maqbullik tinchlik davrida ham harbiy harakatlar vaqtida ham muhofaza inshootlaridan foydalanishni hisobga olib borish imkoniyatidir. Ular tinchlik davrida madaniy-maishiy xonalar va korxonalar (kafe, bar, kirxona, ombor, garaj, yer osti bo‘shliqlari) bo‘lsa, urush vaqtida muhofaza inshootlari bo‘ladi.
Rejaga yagona talab qo‘yilishi, bir tomondan kelishib olish uchun kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan zarur bo‘lib qolganda ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun kerak.
Reja tuzishdagi ish hajmi shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi:
-birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi ularning tayyorligi aniqlanadi, bor ma’lumotlar, hujjatlar o‘rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, taqvimiy reja hujjatlari tuziladi;
-ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi;
-uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi va yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo‘lsa reja tuzatib to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi;
-to‘rtinchi bosqichda rejalashtirilgan tadbirlar reja tasdiqlangandan keyin tegishli ijrochilarga yetkaziladi.
Rejalar ishlab chiqishni bevosita tashkil etish tegishli fuqaro muhofazasi boshlig‘iga yuklatiladi, rejalarni ishlab chiqishga fuqaro muhofazasi shtatli xodimlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, evakuatsiya komissiyasi, fuqaro muhofazasi xizmatlari va bo‘limlari, xalq xo‘jaligi ob’ektlarining bosh mutaxassislari jalb qilinadi.
Rejani ishlab chiqishga jalb etiladigan mansabdor shaxslar fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘ida belgilanadi.
Rejalarni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlar.
Rejani va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FVDT yuqori boshqarma, bo‘limlaridan quyidagi keltirilgan dastlabki ma’lumotlar (materiallar) olinishi kerak:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi farmonlari va qarorlari, ko‘rsatmalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomi, ko‘rsatmalari va tavsiyalari, rahbar va me’yoriy hujjatlarning talablari.
3. Xalq xo‘jaligi yuqori organlarining ko‘rsatmalari va tavsiyalari.
4. Tuzilmalarning soni, shaxsiy tarkibida hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari haqidagi ma’lumot.
5. Panajoylar, ularning sig‘imi, boshqa panajoylar qurish imkoniyati.
6. Ob’ektning tavsifi, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.
7. Toifalangan shaharga favqulodda vaziyatlarda yordam berish imkoniyati.
8. Toifalangan shahar xalq xo‘jaligi ob’yektlarining ro‘yxatlari:
a) favqulodda vaziyatlarda o‘z ishini davom ettiradigan ob’yektlar;
b) evakuatsiya qilinadigan obyektlar.
9. Potentsial xavfli, shuningdek tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi mavjud ob’yektlar (neft omborlari, neft-gaz quvurlari, kuchli ta’sirchan zaharli moddalar va zaharlovchi moddalar tashiladigan temir yo‘l magistrallari, aeroportlar, ko‘priklar va boshqa ob’ektlar) ro‘yxati.
10. Xavfli hududlardagi aholi punktlari haqidagi ma’lumotlar.
11. Toifalanmagan shaharning va qishloq tumanining fuqaro muhofazasi tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish hamda evakuatsiya qilingan aholini qabul qiluvchi va joylashtiruvchi kuchlar guruhini tuzish imkoniyatlari.
12. Vazifalar bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy xususiyatlar ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
13. Favqulodda vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitga berilgan bahodan chiqarilgan xulosalar.
Fuqaro muhofazasi rejasini tuzishda respublikaning barcha tarmoq va korxonalari ma’lumotlar bilan o‘zaro bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu holat xukumatning 1996 yil 11 apreldagi 143-sonli qarorida ta’kidlab o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Soqliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, «o‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, «o‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, «o‘zkimyosanoat» uyushmasi va «Boshgidromet» boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini hududlar, ob’ektlardagi tabiiy-iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, geologik va texnogen vaziyat hamda ularning yaqin davrda va istiqbolda o‘zgarishi ehtimollari to‘g‘risidagi axborot bilan muntazam ravishda, favqulodda vaziyatlarda esa darhol ta’minlashlari lozim.
Evakuatsiya tadbirlarini rejalashtirishda transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi sonini aniq bilish, zarur transport vositalari soni, odamlarni transportda (piyoda) olib chiqish tartibi, qimmatbaho uskunalar, oziq-ovqatni olib chiqish tartibi va muddatlari hisoblab qo‘yilishi kerak. Xalq xo‘jalik ob’ektlari barqarorligini oshirish barqarorlik yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar asosida va xalq xo‘jaligi rejalarini hisobga olib rejalashtiriladi. Muhandislik, tibbiy va boshqa tur ta’minotni rejalashtirishda ishlar hajmi, tadbirlari, bajarilish tartibi har qaysi tur ta’minotning asosiy vazifalariga qarab belgilanadi.
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini, nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etishlari kerak.
Rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq tuzatishlar kiritiladi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda rejaga darhol aniqliklar va tuzatishlar kiritilishi kerak. Reja ikki nusxada tuziladi. Nusxalardan biri ob’ektning boshqaruv punktida, ikkinchisi yuqori tashkilotda saqlanadi.
Reja hujjatlari mazmunli, aniq hamda yuqori saviyada ishlab chiqilishi kerak. Rejalashtirishda taqlidchilikka, yuzaki va asossiz yondoshishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Respublika, idoralar, hokimiyatlar va ob’ektlarning tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda oldini olish va xarakat qilish rejalari bo‘limlari va ilovalari tuzilishi.
Ushbu rejada favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish tadbirlarining hajmi, bajarilish muddatlari, tartibi nazarda tutiladi.
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining ish rejimidagi asosiy tadbirlar rejaning bo‘limlarida va ilovasida keltiriladi.

Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling