9-ma’ruza (2 soat) 15-mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari(2 soat). Reja


Download 36.39 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi36.39 Kb.
#1021774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

Rejaning ikkinchi bo‘limida xodimlar va aholini kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan muhofaza qilish yuzasidan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar otilib (oqib) ketgan ishlab chiqarish avariyalarini nazarda tutib oldindan o‘tkaziladigan tadbirlarning bajarilish tartibi belgilanadi.
Korxonaning texnologik xavfsizligini oshirish yuzasidan quyidagi tadbirlar oldindan amalga oshiriladi;
zaharlanish oqibatlarini tugatish tadbirlari;
ishlab chiqarish xodimlari va aholining zaharlanish ehtimolini kamaytirish tadbirlari.
Ob’ektning texnologik xavfsizligini oshirish tadbirlarida quyidagilar aks ettiriladi:
uskunalarni harakatni to‘xtatish (blokirovka) tizimlari bilan jihozlash (quvurlarda ajratgich klapanlar, avtomat surma to‘siqlar o‘rnatish va h.k) kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar quvurlarini er tagiga yotqizish;
kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar solingan yakka idishlarni pastga tushirish;
kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar solingan idishlar tagiga to‘kilgan kimyoviy moddalar yig‘iladigan tagliklar, avariya bo‘lganda ishlatiladigan idishlar yasash;
texnologik idishlardagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tez bo‘shatib oladigan qo‘shimcha (rezerv) idishlar tizimini yaratish.
Obyekt xodimlari va aholi zararlanishi ehtimolini kamaytirish tadbirlarida quyidagilar aks ettiriladi:
Shaxsiy muhofaza vositalarini to‘plash va ularning foydalanishga tayyor ekanligi;
Xodimlarni avariya vaziyatlaridagi xatti-harakatga tayyorlash;
FVDT tuzilmalarini tashkil etish, jihozlar bilan ta’minlash va avariyalardagi harakatlarga tayyorlash;
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan zaharlanish xavfi borligi haqida xodimlarga va aholiga xabar berish tizimini tayyorlash va shay holda saqlash;
SHaroitni oldindan taxminlash uchun axborot yig‘ishni tashkil etish (avariya sodir bo‘lgani haqida zavod dispetcheriga axborot berish mas’uliyati kimga yuklatilishi, avariya va meteosharoit haqida axborot berish tartibi).
Ishlab chiqarish avariyasi sodir bo‘lganda xodimlarni kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishda ehtimol bo‘lgan zaharlanish ko‘lami hamda ob’ektning, ob’ekt yaqinidagi boshqa ob’ektlarning xodimlari va aholi uchun shikastlanish o‘chog‘ining xavfiga baho berish tartibi (sharoitni oldindan taxminlash kimga yuklatilishi va qanday hujjatlar yordamida amalga oshirilish) aks ettiriladi.
Kimyoviy xavf borligi haqida xodimlar va aholiga bildirish tartibi.
Tez va ishonchli bildirilishi uchun xabarlash sxemasi oldindan ishlab chiqilib, unda abonentlar, xabar berish vositalari va kuchlari, xabarlash navbati, xabar berish signallari ko‘rsatiladi.
Kimyoviy razvedkani tashkil qilish va o‘tkazish (razvedkaga jalb qilinadigan kuch va vositalar, razvedka tuzilmalarining razvedka o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganligi):
Kuzatish postlari qo‘yiladigan joylar;
Razvedkaga yuklatiladigan vazifalar, zararlanish zonasi chegaralarini belgilash tartibi.
Kimyoviy zararlanish hududlaridan ob’ekt xodimlarini va aholini olib chiqishni va evakuatsiya qilishni tashkil etish (evakuatsiya bo‘ladiganlar yo‘nalishi va yig‘ilish joylari, odamlarni olib chiqishga va evakuatsiya qilishga ma’sul kishilar, transport hisobi va etkazib berish vaqtlari).
Kimyoviy shikast o‘chog‘i o‘rab olinishini tashkil etish (kuch va vositalar, post qo‘yiladigan joylar, o‘rab olishga mas’ul kishilar). Jabrlanganlarga yordam berish (qidirish va birinchi tibbiy yordam berish kuchlari va vositalari). Shikastlanish o‘chog‘ini cheklab olish va bartaraf qilish yuzasidan shoshilinch ishlar o‘tkazish (kuch va vositalar tarkibi, texnologik uskunalarni ta’mirlash, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib chiqqan joylarni tuproq to‘kib o‘rash, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar yig‘iladigan «tuzoq»lar qurish).
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni neytrallash, suv to‘siqlar qo‘yish tartibi; avariya oqibatlarini tugatishga yordam berish uchun keladigan kuch va vositalarni kiritish va ulardan foydalanish tartibi. Avariya qutqaruv ishlarini bajarish davomida kuch va vositalar boshqarilishini tashkil etish. Avariya bo‘lgani haqida va uning oqibatlarini tugatish mobaynida ma’lumot topshirib turish tartibi. Avariya oqibatlarini tugatish ishlarini transport, energiya va modiy-texnika ta’minotini tashkil etish.
Rejaning ikkinchi bo‘limiga ilova tarzida quyidagilar ishlab chiqiladi:
obyekt xodimlariga va aholiga xabar berish tartibi;
xodimlarni va aholini olib chiqishning va evakuatsiya qilishning hisobi;
avariya bo‘lganda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni neytrallash vositalariga ehtiyoj va ular hisobi.
Obyekt fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘iga va fuqaro muhofazasi rejasiga binoan korxonalarning fuqaro muhofazasi xizmatlari tadbirlarni ta’minlaydigan o‘z rejalarini ishlab chiqadilar.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda quyidagi xizmat guruhlarning rejalari asosiy rejalar hisoblanadi; moddiy-texnik ta’minot xizmati, radiatsiyadan va kimyoviy moddalardan muhofaza qilish xizmati, xabar berish va aloqa xizmati, jamoat tartibini saqlash xizmati, energiya ta’minoti va yorug‘likni niqoblash xizmati, avariya, texnika va transport xizmatlarning rejalari asosiy rejalar hisoblanadi.
Xizmatlarning rejalaridan tashqari obyektda ma’lumotnoma hujjatlari, talabnomalar, ishonch xatlar va boshqalar ishlab chiqiladi.
Favqulodda vaziyatlar yuz bergan sharoitda yo‘qotishlar va talofatlar miqdorining minimal darajada kam bo‘lishi ob’ektning tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatda harakat qilish rejalarining qanchalik aniq va mukammal ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun xalq xo‘jaligi ob’ektlari fuqaro muhofazasi boshliqlari, fuqaro muhofazasi xizmatlari bu masalaga jiddiy yondashishlari zarur.



Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling