9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza
71– rasm. S
iljish kоmpеnsаtsiyali pnеvmаtik o’zgаrtkich sхеmаsi . Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan. Elektr kirish signali (I = 0-5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit oqimi paydo bo‘ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. Shu kuch ta’sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. Chiqish bosimi ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. Pnevmo-yelektr o‘zgartkich 20-100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik signalni 0-5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-yelektr o‘zgartkichlar ham to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya manbaidan foydalanadigan kompensatsion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-yelektr o‘zgartkich (73-rasm) pnevmatik kirish signalini qabul qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda uzatuvchi o‘zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak 4 siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch prujina 6 yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy xatolik ± 1 % dan oshmaydi. Kompensatsion pnevmo-yelektr o‘zgartkichlarda kuchlarni kompensatsiyalash prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar kompensatsion turdagi o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo kompensatsion turdagi o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling