9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza
9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Elektrik, pnevmatik va gidravlik signal o'zgartirgichlar. 3. Pnevmoelektrik va elektropnevmatik o'zgartirgichlar. 4. Analog-son raqamli signal o'zgartirgichlar va son raqamli-analogli signal o'zgartirgichlar. 5. Signal kuchaytirgichlari. Umumiy ma’lumotlar. Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi nazarda tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartirkich deb yuritiladi. Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat. Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik, pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatda 67-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling