9-ma’ruza: buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti reja
Buxgalteriya hisobotiga qo‘yilgan talabalar
Download 20.13 Kb.
|
Buxgalteriya hisobotiga qo‘yilgan talabalar:
hisobot ko‘rsatkichlari to‘g‘ri va ishonarli bo‘lishi kerak hisobot o‘z vaqtida tuzilishi va belgilangan muddatda topshirilishi lozim. hisobot moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarda tuzilishi kerak hisobot oddiy, aniq va barcha uchun tushunarli bo‘lishi kerak. hisobotni fermer xo‘jaliklari rahbari va boshqa tegishli shaxslar imzolashi lozim hisobotda tushunarsiz va o‘chirib yozilgan raqamlar bo‘lmasligi kerak. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasiga asosan moliyaviy hisobotning hisobot davri: 1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operasiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi. Qonunning 25-moddasiga asosan moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim sub’yektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 26-moddasi “Moliyaviy hisobotni e’lon qilish”da: Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir. Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi sub’yekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart. Ushbu modda o‘ziga nisbatan qonun hujjatlarining boshqa talablari belgilangan buxgalteriya hisobi sub’yektlarining moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmaydi. Download 20.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling