9-Ma‘ruza Elektr o’zaro ta’sir Reja


- rasm. Musbat nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari


Download 293.75 Kb.
bet4/7
Sana15.11.2023
Hajmi293.75 Kb.
#1775819
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza9

4 - rasm. Musbat nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Nuqtaviy zaryad maydon kuchlanganlik chiziqlari radial chiziqlardan iboratdir. Musbat zaryad uchun kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryaddan chiqqan bo‘ladi (4 - rasm). Manfiy zaryad uchun esa, kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryadga yo‘nalgan bo‘ladi (5 - rasm).

5 - rasm. Manfiy nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Elektr induktsiya vektori kuch chiziqlari va oqimi. Elektr maydon kuchlanganligi va kuch chiziqlari to’g’risida so’z yuritgan edik: musbat nuqtaviy zaryadning kuch chiziqlari zaryad markazidan tashqariga yo’nalgan radial chiziqlardan iborat edi; manfiy nuqtaviy zaryad kuch chiziqlari markazga yo’nalgan radial chiziqlardan iboratdir. Ammo, bu kuch chiziqlari qaergacha davom etadi?
Vakuumda kuch chiziqlari uzluksizdir. Dielektriklarda bo’linish chegarasigacha davom etadi, ya’ni cheklangan bo’ladi.
Shunday qilib, bir jinsli bo’lgan dielektriklarda kuch chiziqlarining uzluksizlik sharti bajarilmaydi. Shuning uchun ham, ixtiyoriy ko’rinishdagi dielektriklar ichidagi maydonni tavsiflash uchun uning bo’linish chegarasidan uzluksiz o’tadigan yangi vektor kattalik kiritiladi.
Bu vektor kattalik elektr induktsiya vektori deb ataladi.
Elektr induktsiya vektori chiziqlari ixtiyoriy muhitda uzluksiz bo’lishi uchun, kuchlanganlik vektori bilan quyidagi munosabatda bog’langan bo’lishi shart.
, (9.10)
ya’ni
, (9.11)

bu yerda – vakuum bilan dielektrikning elektr singdiruvchanliklaridan qutilganimiz uchun, elektr induktsiya vektori ning uzluksizligi ta’minlanadi. Shu sababli, elektr kuch chiziqlari bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tishda uzluksizligi ta’minlanganligi uchun ( 9.10 ) - ifodani ko’pinchalik elektr ko’chishi deb ataladi.


Skalyar ko’rinishda , (9.12)
ga ega bo’lamiz. Shunday qilib, ixtiyoriy muhitda nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydonning biror nuqtasidagi induktsiya shu zaryadga to’g’ri proportsional, masofa kvadratiga teskari proportsionaldir.
Elektr induktsiya vektori miqdor jihatdan bir birlik yuzadan tik ravishda o’tayotgan induktsiya chiziqlarini, ya’ni uning sirt zichligini ifodalaydi (6 - rasm).




Download 293.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling