9-mа'ruzа: Ilmiy uslubda janr va nutq turi
Download 25.5 Kb.
|
9-mа\'ruzа Ilmiy uslubda janr va nutq turi
9-mа'ruzа: Ilmiy uslubda janr va nutq turi Voqelikka munosabatning va uning tadqiqini mantiiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu uslubda fikrlar mantiqiy jihatdan aniq bir ma’noli bo‘lishi lozim. Ilmiy uslubda fikrlar faqat tushunchalarni ifodalaydi. Bu tushunchalarning ifodasi muhokama, munozara va xulosalar shaklida bo‘lib, ular qat’iy mantiqiy izchillikka asoslangan bo‘ladi. Bu uslubda mantiqiylik eng asosiy belgi bo‘lsa-da, fikr qat’iy dalillanishi kerak. Tahlil va sintez bir-biridan ajralmagan holda qo‘llanadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi. Shu orqali qonuniyatlar ochiladi. Mana shu qonuniyatlar ochilishi jarayonida tafakkurning umumiy, mavhum bo‘lishi ko‘rinadi. Shu narsani farqlash lozimki, ilmiy uslubda bir tomondan, ilmiy fikrlash xususiyati mavjud. Ikkinchi tomondan, uni ilmiy uslubda ifodalash. Ilmiy uslubda fikr berilayotganda, ya’ni yozilayotganda, uning tadqiqot bosqichi bilan birga shakllantirish masalasi ham hisobga olinadi. Bunda isbotlash usullari, lo‘ndalik darajasi, oddiy tasvir yoki muhokama ekanligi, ommalashtirish darajasi nazarda tutiladi. Shuning uchun ham ichki va tashqi nutqni bir narsa deb bo‘lmaydi. Lekin ular orasida katta farq ham yo‘q. Ular bir-birini to‘ldirib, biri ikkinchisi uchun zamin bo‘ladi. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, tafakkurning uzil-kesil ifodasi tashqi nutqda bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy uslubning muhim xususiyati deb shuni ko‘rsatish lozimki, ilmiy bayon umumiy va mavhum bo‘lib, mantiqiylik yaqqol sezilib turadi. Bundan ikkinchi xususiyat kelib chiqadi, ya’ni bu uslubda qo‘llanadigan til birliklarining ishlatilish darajasi va uslubga xos bo‘yog‘idir. Ilmiy uslubning tipik bo‘lgan xususiyatlari quyidagicha; Terminlarning qo‘llanishi. Bir ma’nolilik. Obrazlilikning deyarli bo‘lmasligi. Yashirin emotsionallik. Bayonning ob’ektivligi. Bayonning quruq va qat’iyligi. Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid ramziy belgilar, raqamlar, jadvallar, turli chizmalar va rasmlar qo‘llanishi mumkin. Masalan, kimyo fani bo‘yicha turli formulalar: Mg- magniy, Cl- xlor, N2+O=N2O ishlatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar muallifning uslubiga, ilmiy uslubning mavzusiga, uni bayon qilish muhitiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ilmiy uslubda emotsionallik va uslubiy bo‘yoqning bo‘lishi fan sohalariga bog‘liq. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlarida bunday xususiyat mavjud. Tabiiy fanlarda bu nisbata kamroq uchraydi. Masalan, dengiz marjonlari , patsimon bulutlar, somon yo‘li(yulduzlarga nisbatan), vulqon chambaragi, marjon qirg‘oq, oy o‘tovi, oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sariq tuproq, qush bozorlari, uchar yulduz, dumli yulduz, geografik burun kabilar. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan fizik olim Albert Eynshteyn “Fizika va reallik” degan maqolasida “men tushunchaning hissiy idrokdan mantiqan mustaqil ekanligini tan olmayman” degan edi. U ilmiy tushuntirishda hajv, hazil, askiya, qiziq o‘xshatishlar qo‘shib yuborardi. (R. Bekjonov. Albert Eynshteyn, “Fan”, Toshkent, 1966 ) Albatta, ilmiy va badiiy uslublardagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda yuqorida keltiririlgan obrazli nomlar atash vazifasini, badiiy adabiyotda estetik ta’sir ko‘rsatish vaifasini bajaradi. Ko‘rinadiki, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon ilmiy ommabop bayondan farqlanadi. Masalan, ilmiy ommabop uslubda yozilgan biror fanga oid kitob, maqola yoki ma’ruzalar shu fan bilan tanish bo‘lmagan kishilarga tushunarli tarzda bayon etiladi. Fikr jonli va qiziqarli shaklda ifodalaniladi. Ilmiy terminlar kam ishlatiladi. Mavhum ma’noli jumlalar va formulalar o‘rniga tasviriy materiallar qo‘llaniladi. Ba’zan obrazli va emotsional ifodalardan foydalaniladi. Shunga qaramay ular ilmiy Uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur yetkazmaydi Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling