9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga


Download 456.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana15.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1776684
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalari

щщтЯшшШШ It La— ----------------------------- --- -am f' 
9- 
rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari. 
Ba'zi bir texnologik jarayonlarni bunday qobiqqa o'rash imkoniyati yo'q. 
Bunday hollarda, ochiq havo so'rish tizimlaridan foydalaniladi. Bunday 
sistemalarning eng oddiy turi havo so'rish zontidir (14-rasm, b). 
Zontni qizigan, havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ba'zi 
vaqtlarda zontlar o'rniga shirmalardan foydalanish ko'p miqdordagi havoni chiqarib 
yuborish imkoniyatini beradi. Har qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas 
organlariga yetib bormaydigan bo'lishi shart. 
Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklda bo'lsa va uning 
tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo'lib, zont o'rgatish 
imkoniyati bo'lmasa, unda havo bortlar orqali so'riladi (14-rasm, e). Bort orqali 
havo sourish tizimlari bir tomonlama, ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda 
havoni bir tomonidan so'rib, ikkinchi tomonidan haydash yo'li bilan amalga 


12
oshiriladi. 
Ba'zi bir hollarda ishchiga yo'naltirilgan havo dushlaridan foydalaniladi. Havo 
dushlari havo, harorati td va havo harakati tezligi Vd QMQ 3. 01, 02 - 00 bilan 
cheklangan bo'ladi. Masalan, yilning issiq oylarida (tashqi havo harorati v 10°C) 
yengil kategoriyadagi ish bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3-
2,5 M J/(m /s)л (300-600 .kkal (m /s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 
22—24°C, Vd esa 0,5—1,0 m/s; og'ir kategoriyadagi ish bajarilganda va 
22 issiqlik ajralib chiqishi 10 M J (m /s) 2400 kkal/t (m /s) va undan ortiq 
bo'lsa, bu norma tegishlicha 18—19 °C va 3,0—3,5 m/s ni tashkil qiladi. Havoning 
harakati tezligi 5,0 m/s dan ortiq bo'lsa, inson holatiga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadi. 
Havo dushlari doimiy o'rnatilgan va ko'chma bo'lishi mumkin Doimiy 
o’rnatilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan olinadi. Ko'chma havo 
dushlari uchun esa, dush o'rnatilgan xona havosidan foydalanish mumkin. Agar 
dush o'rnatilgan xonada issiqlik ajralishi kuchli bo'lsa, unda ko'chma havo dushlari 
suv zarralari bilan birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul 
hisoblahadi. 
9.6. Shamollatish qurilmalarini ishlatish 
Shamollatish tizimi murakkab injenerlik qurilmasi hisoblanadi. Unuig har bir 
elementi maxsus vazifani bajaradi. Shuning uchun ham shamollatish sistemalarilii 
ishga tushirishdan oldin uni texnik va sanitar- gigienik sinovlardan o'tkaziladi. 
Texnik 
sinov 
vaqtida 
shamollatish 
sistemasining 
va 
uning 
ayrim 
elementlarining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Mexanik shamollatishni bajarish 
uchun ventilator havo berish miqdori, uning hosil qiladigan bosimi, ventilator 
parragi va elektrodvigatel rotorining aylanish soni, havoni va bosimni tarmoqlar 
bo'yicha taqsimlanishi, kaloferlarning issiqlik unumi va bosimi va boshqalarni 
aniqlash kerak bo'ladi. 
Binoni aeratsiya qilganda. kiritiladigan yoki chiqarib yuboriladigan havoning 
miqdori aniqlanadi. 
Sanitar-gigiena sinovda esa shamollatish va sistemaning samaradorligi, havo 
tozalash, shuningdek, ishlab chiqarish zonalarida normal obhavo sharoiti va 
sanitar-gigienik sharoit yaratish imkoniyati aniqlanadi. 
Shamollatish qurilmalarini o'rnatilayotgan va ishlatish uchun qabul qilinganda, 
vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi va remont qilingandan keyin sinab ko'riladi. 
Shamollatish qurilmalarini sinash vaqtida va keyingi tuzilish elementlariga 
kiritilgan o'zgarishlar haqidagi ma'lumot qurilmaning texnik pasportiga yozib 
qo'yiladi va bu shamollatish sistemasining holatini aniliovchi asosiy hujjat 
hisoblanadi. 
Har bir shamollatish qurilmasi uchun maxsus ishlatish tavsiyanomasi ishlab 
chiqiladi. Unda yong'in bo'lgan taqdirda qaysi qurilma o'chirilishi va qaysinisi 
ishlatilishi zarurligi yozib qo'yiladi. 
Shamollatish sistemalsirining samarali ishlashi, shuningdek, tayyor holda 
bo'lishi, o'z vaqtida remont qilinishiga ventilatsiya sistemalari o'rnatilgan ishlab 
chiqarish uchastkasining boshlig'i javobgar hisoblanadi. Shamollatish xo’jaliklari 
katta bo’lgan sanoat korxonalarida isitish va shamollatish sexi tashkil qilinishi 


13
mumkin. Bu sex korxona bosh mexanigiga (bosh energetigiga, bosh injener 
o’inbosariga) bo'ysunadi. Bunday hollarda shamollatish sistemalarining ishga 
yaroqli holda saqlanish javobgarligi shu sex boshlig'i zimmasiga yuklanadi


14 

Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling