CREATE VIEW «tasavur nomi» AS « select so‘rovi» ;
Tasavurlarga ham ma’lumot baza jadvallari kabi nom beriladi. Bu nom birorta ham jadval nomi bilan bir xil bo‘lmasligi kerak. AS so‘zidan keyin ma’lumotlar tanlashga uchun so‘rov iborasi yoziladi.
CREATE VIEW sotish_taxlili AS SELECT Tovarlar.Nomi AS Tovar, Sotish.Soni*Tovarlar.Bahosi AS Narxi, Mijoz.Ismi || ‘.Manzil: ‘ || Mijoz.Manzil || ‘. tel. ‘ || Mijoz.Telefon AS Mijoz FROM Sotish, Tovarlar, Mijozlar WHERE Sotish.ID_mijoz= Mijozlar.ID_mijoz AND Sotish.ID_tovar = Tovarlar. ID_tovar;
Natijada sotish taxlili nomli virtual jadval yaratiladi. Unga so‘rovlar yordamida murojat qilish mumkin:
Select * from sotish_taxlili where tovar = ‘moloko‘;
Jadvallarni umumlashtirish.
Jamlashtirish relyasion ma’lumotlar bazasi operatorlaridan biri bo‘lib, jadvallar orasidagi aloqani belgilaydi va ulardan ma’lumotni bitta komanda yordamida ajratishga imkon beradi. Xar xil jadvallarda bir xil nomli ustunlar bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun, kerakli ustun uchun jadval nomi prefiksi ishlatiladi. Jamlashda jadvallar FROM ifodasidan so‘ng ro‘yxat sifatida tasvirlanadi. So‘rov predikati ixtiyoriy jadval ixtiyoriy ustuniga tegishli bo‘lishi mumkin. Jamlashning eng soddasi bu dekart ko‘paytma, uni quyidagicha bajarish mumkin:
SELECT Customers.*, Salepeople.* FROM Salepeople, Customers;
Lekin bu yerda xosil bo‘lgan jadval keraksiz ma’lumotlarga ega. Keraksiz satrlarni olib tashlash uchun WHERE jumlasidan foydalaniladi.
Masalan: berilgan shaxardagi sotuvchilar va buyurtmachilar ixtiyoriy kombinatsiyasini ko‘rish uchun quyidagini kiritish lozim:
SELECT Customers.CName, Salepeople.SName, Salepeople.City FROM Salepeople, Customers WHERE Salepeople.City = Customers.City;
Jamlashda SQL bir necha jadval satrlari kombinatsiyasini predikatlar bo‘yicha solishtirishdir. Asosan ma’lumotlar ilovali yaxlitlik asosida tekshirilib, ajratib olinadi.
Misol: xar bir sotuvchiga mos keluvchi buyurtmachilar ro‘yxati:
Do'stlaringiz bilan baham: |