9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi: Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari shahar hududidan oqova suvlarni
- kollektorlarning bo‘ylama profillari
Download 364.96 Kb.
|
9-ma\'ruza Xudayberganov B.A
- kollektorlarning bo‘ylama profillari quriladi;
- suv oqizgich inshootlari va qurilmalarining qoralama chizmalari; - hisoblash, tushuntirish xati, unda tizimning gidravlik va gidrologik hisobi, bajariladigan ishlar hajmining qaydnomasi hamda moliya hisoblari. Shahar suv oqizgichlarini loyihalashda fuqaro muhofazasi nuqtai-nazaridan quyidagi tartiblarga amal qilinadi: - suv oqimi havzalarini belgilash va asosiy kollektorlar yo‘nalishi hamda suv tashlanadigan joyni aniqlash; - har qaysi havzada asosiy kollektorning o‘rni va xususiy havzalarning chegaralari aniqlanadi; - kollektor yo‘nalishida suv qabul qiluvchi quduqlar ko‘rsatiladi; - har qaysi hisoblanadigan joy uchun bo‘ylama nishabliklar belgilanadi va profillar quriladi; - har qaysi havzada chegara nuqtalari asosida hisoblash maydonlari belgilanadi; - hisoblanadigan har bir maydonning uzunligi va ularning suv havzasi maydonlarining yuzalari aniqlanadi; - suv oqizgichning gidrologik va gidravlik hisoblari bajariladi; - suv oqizgichning qurilmalari tanlanadi va joylashtiriladi. 1 – rasm. Oqova suv tarmog‘i tizimining reja ko‘rinishidagi shakllari: 1 – yomg‘ir suvlarini qabul qiluvchi tarmoq; 2 – sanoat yoki kommunal xo‘jalik oqova suv tarmog‘i; 3 – tozalash inshooti; 4 - oqova suv tarmog‘ini qabul qiluvchi quduq. Shahar hududi bir nechta havzaga bo‘linadi va har birining asosiy kollektorlari (suv oqizgichi) o‘rni belgilanadi. Havzalar chegarasi relef yoki shaharning bosh rejasi uchun ishlangan tikka rejalashtirish loyihasi asosida bo‘linadi. Shahar hududi havzalariga bo‘linayotganda imkoni boricha 75-100 Gek atrofida qilib bo‘lingani ma’qul, chunki, bunday havzalar uchun loyihalanadigan kollektor diametri 800-1200 mm dan oshmaydi, bu esa iqtisodiy jihatdan muhimdir. Suv oqizgich kollektorlarining boshlanish nuqtasi suvning erkin oqish sharti asosida belgilanib, u suv ayirgich chizig‘i boshlanishidan birinchi suv tashlagich qudug‘igacha bo‘lgan masofada suv erkin oqadi va u odatda 150-200 m atrofida qabul qiladi. Turli xil chorrahalarda suv tashlagich quduqlarining joylashishi suvning qaysi tomondan oqib kelishiga bog‘liq (2 -rasm). Oqova suv tarmog‘i kollektorining bo‘ylama profili, bo‘ylama qirqimi asosida quriladi(3 - rasm). Bunda quvurning osti va usti belgisi, uning joylashish chuqurlik belgisi, har qaysi joyning bo‘ylama nishabliklari ko‘rsatiladi. Kollektorlarning relef holatiga ko‘ra joylashishi 3 – rasmda ko‘rsatilgan Quvurning er sathidan minimal chuqurligi mahalliy sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ammo, dastlabki chuqurlikni yerning muzlash qatlamidan 0,5 metr chuqurlikda loyihalash talab qilinadi. Kollektor diametrini suv oqimi bo‘yicha o‘zgartirish o‘zaro quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni kichik diametrdan katta diametrga o‘tishda quvurlar “ustiga-usti” usulida birlashtiriladi, katta diametrdan kichigiga o‘tishda “ostiga-osti” shaklida birlashtiriladi 3-rasm Kollektorlarning relef holatiga ko‘ra joylashishi 2 – rasm. Ko‘cha va chorrahalarda yomg‘ir suvlarini qabul qilish kollektor quduqlari: 1 – kollektor; 2 – oqova suv irmog‘i; 3 - yomg‘ir suvlarini qabul qilish kollektor qudug‘i; 4 – kuzatuv qudug‘i; 5 – piyodalar o‘tish joyi. Download 364.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling