9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi: Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari shahar hududidan oqova suvlarni
Shahar hududidan oqova suvlarni qochirish
Download 364.96 Kb.
|
9-ma\'ruza Xudayberganov B.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy oqova suv tarmog‘i
Shahar hududidan oqova suvlarni qochirish
Shaharsozlik amaliyotida uning hududidan oqova suvlarni qochirishning 3 ta turi mavjud:
Ochiq suv qochirish tizimini qurish oson va arzon bo‘lishi bilan birga qator kamchiliklarga ham ega, ya’ni, yomg‘ir ko‘p yoqqanda ariqlar to‘lib ketishidan tashqari, ba’zan cho‘kindi jinslarga ham to‘lib qoladi. Qolaversa, oqova suv kanallari shahar ko‘chalari uchun noqulaylik tug‘diradigan darajada katta bo‘lishi bilan birga barcha chorraha va kirish – chiqish yo‘llarida ko‘prik yoki quvurlar o‘rnatishni talab qiladi. Bularning hammasi transport harakati uchun ma’lum darajada noqulayliklar tug‘diradi. Yopiq (yashirin) suv qochirish tizimi zamonaviy shaharsozlikning injenerlik obodonchilik talablariga to‘la javob beradi. Mushtarak tizimi kichik shaharlar uchun qulay bo‘lsa, katta shaharlar uchun noqulaydir, uni katta shaharlar uchun vaqtincha, ya’ni keyinchalik almashtirishni inobatga olib qo‘llaniladi. Yopiq (yashirin) suv qochirish tizimi shahar suv qochirish silsilasi (ba’zan shahar suv qochirgich) yoki oqova suv tarmog‘i deb ataladi. Umumiy holda shahar oqova suv tarmog‘i qor – yomg‘ir, xo‘jalik va tashlandiq suvlarni yig‘ib olib, chiqib ketish vazifasini bajaradi. Shahar oqova suv tarmog‘i tizimi tarkibidagi suv turiga qarab ular: umumoqizgich, alohida va yarim alohida suv oqizgich turkumlariga bo‘linadi. Umumiy oqova suv tarmog‘i o‘zida barcha suvlarni yakka quvurda oqizishi bilan boshqa tarmoqlardan afzaldir. U qurilish nuqtai - nazaridan ham ancha qulaylikka ega. Chunki bir nechta quvur o‘rniga yakka quvurni yotqizish iqtisodiy jihatdan arzon va texnologik jihatdan osondir. Ammo, katta diametrli bunday tarmoq bir necha yilda bir marta takrorlanadigan sharros yomg‘ir yoqqandagina to‘lib oqadi va qolgan vaqtlarda, oqova suvning kamligi tufayli o‘zini iqtisodiy jihatdan oqlamaydi Bundan tashqari tarkibida turli xil oqova suvlar bo‘lganligi uchun suv tozalagich inshootlarining harajatlari yuqori bo‘ladi. Alohida turdagi oqova suv tarmoqlarini qurish mamlakatda keng tarqalgan usul bo‘lib, bunda barcha turdagi tarmoqlar alohida ishlaydi. Shaharning yopiq oqova suv tarmog‘i vazifasiga qarab quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:
Download 364.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling