9-ma’ruza Mavzu: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay Reja: Global tarmoq. Birlamchi tarmoqlar
Download 494.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay
Bosqichli tezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali
multipleksorlashning juda bg‘sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida namoyon bo‘ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‘oyasi joriy etilgan. To‘rtta T-1 turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil qilinadi, u axborotlarni 6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2 kanalini birlashtirish orqali hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4 kanali oltita T-3 kanalini birlashtirish orqali olingan va natijada 274 Mbit/s tezlikka ega bo‘ladi. Bu texnologiya T-kanallar tizimi nomini olgan. T-kanallar tizimi texnologiyasi Amerikaning milliy standartlar instituti (American National Standard Institute, ANSI) tomonidan standartlashtirilgan va Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH) nomini oldi. Standartlashtirish davrida amerika va xalqaro PDH standart versiyalarining o‘rtasida mos emaslik yuzaga keldi. Xalqaro standartda T-kanal tizimiga g‘xshashi YE-1, YE-2 va YE-3 turidagi kanallardir, mos ravishda 2,048, 8,488 va 34,368 Mbit/s tezlik bilan farqlanuvchi. Amerika va xalqaro raqamli bosqich texnologiyasining farqlanishiga qaramay bosqichli tezliklarni belgilashni bir xil qilib qabul qilingan DSn (Digital Signal n). DS0 tezlik elementar kanal tezligi 64 Kbit/s tezlikka mos keladi. SONET/SDH tarmoqlari. Amaliyot PDH texnologiyasining kamchiliklarini aniqladi, ularning asosiylari quyidagilar: Foydalanuvchilarning axborotini multipleksirlash va demultipleksirlash operatsiyalarini samaradorsizligi va murakkabligi, masalan, YE-1 kanalini YE-3 kanalidan shoxlamasi uchun oxirgisini YE-2 kanalda demultipleksirlash kerak bo‘ladi va faqat shundan keyin YE-2 aniqlangan kanal tg‘plamidan YE-1 kanalida demultpleksirlanadi. PDH da buzilishga barqarorlikni ta‘minlovchi vositalarning yo‘qligi, yani bu texnologiyada asosiy kanal ishdan chiqqandagi holatda zaxira kanaliga avtomatik ravishda o‘tkazish amali quvvatlanmaydi Hatto bosqichli tezliklarning yuqori pog‘onasida ham unumdorlikning yetarli emasligi. Download 494.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling