9-ma’ruza Mavzu: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay Reja: Global tarmoq. Birlamchi tarmoqlar


-rasm. Foydalanuvchining xatti xarakatiga tarmoqning etibori


Download 494.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana28.01.2023
Hajmi494.79 Kb.
#1135534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay

6-rasm. Foydalanuvchining xatti xarakatiga tarmoqning etibori. 
Tarmoqning ishi, uzatilgan bitlar sonining vaqtga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ikki 
chiziqli funksiya orqali ifodalanadi: V = R t va B = CIR t . 


Bu oraliqda tarmoqqa axborotlar kelishining o‘rtacha tezligi R bit/s tashkil etadi 
va u CIR dan yuqori ekan. Rasmda tarmoqqa T vaqt oralig‘ida virtual kanal bo‘yicha 
5 ta kadr kelish holati ko‘rsatilgan. f1 , f2 va f3 kadrlar tarmoqqa ularning jami hajmi 
Vs dan oshmagan axborot olib keladilar, shuning uchun u kadrlar tg‘xtamasdan DE = 
0 belgi bilan keyingi yo‘lini davom ettirdilar. f4 kadr axboroti f1 , f2 va f3 kadrlar 
axborotiga qo‘shilganda Vs dan g‘tib ketdi, lekin Vs+Ve qiymatiga yetmaydi, shuning 
uchun f4 kadri ham shuningdek oldinga ketadi, lekin endi DE = 1 belgi bilan. f5 kadr 
axborotlarini oldingi kadrlar axborotlariga qo‘shilganda Vs+Ve qiymatidan oshib 
ketdi, shuning uchun bu kadr tarmoqdan chiqarib tashlandi. 
7-rasmda Frame Relay tarmog‘ining beshta uzoq masofada joylashgan 
korporatsiyaning bo‘limlari keltirilgan. Odatda tarmoqqa ega bo‘lish o‘tkazish 
imkoniyati CIR dan katta bo‘lgan kanallardan amalga oshiriladi. Lekin bunda 
foydalanuvchi kanalning o‘tkazish imkoniyatiga to‘lamaydi, buyurtma qilingan CIR, 
Vs va Ve kattaliklariga to‘laydi. Shunday qilib, ega bo‘lish yo‘li sifatida T-1 kanali 
ishlatilganda va CIR tezligida xizmat ko‘rsatish buyurilsa, 128 Kbit/s ga teng, 
foydalanuvchi faqat 128 Kbit/s tezlik uchun haq to‘laydi, 1,5 Mbit/s T-1 kanalining 
tezligi esa Vs+Ve mumkin bo‘lgan tebranishning yuqori chegarasiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
7-rasm. Frame Relay tarmog‘idagi xizmat ko‘rsatishga misol. 


Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatgichlari virtual kanallarning turli 
yo‘nalishlariga bir xil bo‘lishi mumkin. Rasmda 1 abonent 2 abonent bilan 136 belgili 
virtual kanal orqali ulangan. 1 abonentdan 2 abonentga yo‘nalishda kanal o‘rtacha 128 
Kbit/s tezlikka Vc=256 Kbit (T oralig‘i 1s tashkil etadi) va Ve = 64 Kbit tebranish bilan 
ega. Kadrlarni teskari yo‘nalishga uzatishda esa o‘rtacha tezlik 256 Kbit/s ga Vs = 512 
Kbit va Ve = 128 Kbit tebranish bilan yetishi mumkun. 
Frame Relay texnologiyasi aloqa operatorlarining tarmoqlarida 90 yillarda 
soddaligi va mijozga ulanishlarning g‘tqazish imkoniyatini kafolatlash mumkunligi 
uchun keng tarqalgan edi. Shunga qaramay oxirgi yillarda Frame Relay xizmatlarining 
ommaviyligi keskin pasaydi, asosan bu MPLS texnologiyasining paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq bo‘ldi, u xuddi Frame Relay dagidek virtual kanallar texnikasiga asoslangan va 
foydalanuvchilarning ulanishlarini g‘tish imkoniyatini kafolatlashi mumkin. MPLS 
texnologiyasining hal qiluvchi avzalligi bu uning IP texnologiyasi bilan yaqin 
bog‘lanishidir, buning natijasida provayderlarga yangi aralash xizmatlarni oson hosil 
qilish mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda MPLS ning vazifalarini barcha o‘rta va 
yuqori sinif marshrutizatorlari tomonidan quvvatlanadi, MPLS ning qo‘llanishi uchun 
tarmoqda alohida kommutatorlarni o‘rnatilishi talab etilmaydi. 
Nazorat savollari: 
1. Birlamchi tarmoqlarni tushuntirib bering. 
2. PDH tarmoqlari xaqida ma’lumot bering.
3. TDM tarmoq qurilmalari xaqida ma’lumot bering. 
4. SONET/SDH tarmoqlari xaqida ma’lumot bering. 
5. Standartlashtirish xaqida ma’lumot bering.
6. Sinxronizatsiya xaqida ma’lumot bering. 
7. DWDM tarmoqlari xaqida ma’lumot bering. 
8. OTN tarmoqlari xaqida ma’lumot bering. 
9. Frame Relay texnologiyasini tushuntirib bering. 
10. O‘tkazish imkoniyatining kafolatlari. 
11. Tebranishning qo‘shimcha kattaligi. 

Download 494.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling