9-ma’ruza Mavzu: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay Reja: Global tarmoq. Birlamchi tarmoqlar


Download 494.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi494.79 Kb.
#1135534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay



9-ma’ruza 
Mavzu: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay 
Reja: 
1. Global tarmoq. 
2. Birlamchi tarmoqlar. 
3. Frame Relay 
Global tarmoq. 
Eng taniqli tarmoqlarning namoyondasi IP tarmoq – Internet tarmog‘i – global 
tarmoqdir, mahalliy IP tarmoqlarni Siz har bir korxonada uchratishingiz mumkin. 
Shu bilan bir vaqtda kompyuter tarmoq texnologiyalari ham mavjud, ular global 
tarmoq hosil qilish uchun mo‘ljallangan: Frame Relay, ATM, MPLS. Bu 
texnologiyalarda qurilgan tarmoqlar katta hududlarni qoplaydi va ko‘p sonli tugunlarni 
birlashtirib, IP birlashgan tarmoqning tashkiliy tarmoqlari bo‘lib qoladi. Bu bobda biz 
bunday texnologiyaning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz hamda kommunikatsiya 
kanallarini yaratish uchun xizmat qiluvchi birlamchi tarmoqlarning ishlash 
tamoyillarini g‘rganamiz. 
Birlamchi tarmoqlar 
Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu maxsus 
ko‘rinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi 
kanallarni yaratish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, so‘ng boshqa tarmoqlarni yaratishga 
ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini. 
Birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi 
quyidagidan iborat, u telefon apparatlarini bog‘lovchi telefon tarmoqlari qiladigandek 
yoki kompyuterlarni o‘zaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining terminal 
qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning g‘rnida birlamchi tarmoq kanallari boshqa 
tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa o‘z navbatida 
oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat ko‘rsatadilar. 
Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan 
ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bo‘lib xizmat qiladi.


Birlamchi 
tarmoq 
arxitekturasi 
telekommunikatsion 
tarmoqning 
umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, ya’ni kabelli aloqa yo‘llari va 
kommutatorlardan tashkil topgandir. 
Birlamchi tarmoqlarda kanallar kommutatsiya texnikasi ishlatiladi, shuning 
uchun bu tarmoqlarning kanallari qayd qilingan o‘tkazish xususiyatiga ega. 
Birlamchi tarmoq kommutatorlarining alohida xususiyati bo‘lib, ular kanallarni 
dinamik kommutatsiyalamaydi, ya’ni telefon tarmoqlarida sodir bo‘ladiganidek 
foydalanuvchi qurilmasining so‘rovi bilan emas, apparatda nomer terilganda tuzilgan 
kanalni chaqirilayotgan abonent apparati bilan kommutatsiyalanadigan, balkim tarmoq 
operatorining buyrug‘i bilan statik kommutatsiyalanadi. 
Shuning uchun birlamchi tarmoqning tuzilgan ularni kanalini ulovchi ustama 
tarmoqning ikki kommutatori uchun doimiy oddiy kabel ulanishi bo‘lib qoladi, ustama 
tarmoq kommutatorlari ular orasida joylashgan birlamchi tarmoq kommutatorlarini 
―ko‘rmaydilar. Bunday hollarda, birlamchi tarmoq ularning kanallari orqali ishlovchi 
ustama tarmoq uchun shaffof deb aytiladi. 
1 – rasmda birlamchi tarmoq orqali ulangan uchta marshrutizatorli (pastdagi 
yuza), ustama tarmoq paketlarni kommutatsiyalashdagi (yuqoridagi yuza) qismi 
ko‘rsatilgan. 
Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter 
yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish 
imkoniyatini beradi. 
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud: 
• plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH); 
• sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET); 
• zichlashtirilgan to‘lqinli multipleksirlash (DWDM); 
• optik transport tarmog‘i (OTN).


1-rasm. Birlamchi tarmoq orqali marshrutizatorlarni ulanishi. 

Download 494.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling