9-ma’ruza Mavzu: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay Reja: Global tarmoq. Birlamchi tarmoqlar


Download 494.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana28.01.2023
Hajmi494.79 Kb.
#1135534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay

Bosqichli tezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali 
multipleksorlashning juda bg‘sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida namoyon 
bo‘ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‘oyasi joriy etilgan. To‘rtta T-1 
turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil qilinadi, u axborotlarni 
6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2 kanalini birlashtirish orqali 
hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4 kanali oltita T-3 kanalini 
birlashtirish orqali olingan va natijada 274 Mbit/s tezlikka ega bo‘ladi. Bu texnologiya 
T-kanallar tizimi nomini olgan. 
T-kanallar tizimi texnologiyasi Amerikaning milliy standartlar instituti 
(American National Standard Institute, ANSI) tomonidan standartlashtirilgan va 
Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH) nomini oldi. Standartlashtirish davrida 
amerika va xalqaro PDH standart versiyalarining o‘rtasida mos emaslik yuzaga keldi. 
Xalqaro standartda T-kanal tizimiga g‘xshashi YE-1, YE-2 va YE-3 turidagi 
kanallardir, mos ravishda 2,048, 8,488 va 34,368 Mbit/s tezlik bilan farqlanuvchi. 
Amerika va xalqaro raqamli bosqich texnologiyasining farqlanishiga qaramay 
bosqichli tezliklarni belgilashni bir xil qilib qabul qilingan DSn (Digital Signal n). DS0 
tezlik elementar kanal tezligi 64 Kbit/s tezlikka mos keladi. 
SONET/SDH tarmoqlari. Amaliyot PDH texnologiyasining kamchiliklarini 
aniqladi, ularning asosiylari quyidagilar: 
Foydalanuvchilarning axborotini multipleksirlash va demultipleksirlash 
operatsiyalarini samaradorsizligi va murakkabligi, masalan, YE-1 kanalini YE-3 
kanalidan shoxlamasi uchun oxirgisini YE-2 kanalda demultipleksirlash kerak bo‘ladi 
va faqat shundan keyin YE-2 aniqlangan kanal tg‘plamidan YE-1 kanalida 
demultpleksirlanadi. 


PDH da buzilishga barqarorlikni ta‘minlovchi vositalarning yo‘qligi, yani bu 
texnologiyada asosiy kanal ishdan chiqqandagi holatda zaxira kanaliga avtomatik 
ravishda o‘tkazish amali quvvatlanmaydi 
Hatto bosqichli tezliklarning yuqori pog‘onasida ham unumdorlikning yetarli 
emasligi. 

Download 494.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling