9-ma'ruza mavzu. Fermentlarning xossalari. Fermentlar klassifikatsiyasi. Reja
Download 39,2 Kb.
|
9-ma'ruza mavzu. Fermentlarning xossalari. Fermentlar klassifikatsiyasi. Reja: 9.1.Fermentlar nomenklaturasi va sinflarga bo‘linishi. 9.2. Fermentlarning xossalari. 9.3.Fermentlarni hujayrada joylanishi. 9.1.Fermentlar nomenklaturasi va sinflarga bo‘linishi. Enzimologiya fanining dastlabki davrlarida fermentlarni ixtiro qiluvchilar ularga tasodifiy nomlar berganlar. Masalan, pepsin papain va boshqalar. Ko‘pchilik fermentlar substrat nomiga –aza qo‘shib nomlangan (ratsional nomlanish). Masalan, kraxmalning gidrolizlanishini amilaza, mochevinani esa ureaza deb ataladi. Xolofermentni ratsional nomenklaturasi, koferment nomi bilan ataladi (peridoksal ferment, geminferment). Keyinchalik fermentning atalishida substratning nomi va katalizlovchi reaksiyani turi qo‘shib aytiladigan bo‘ldi (alkogoldegidrogenaza). Yangi nomenklaturaga muvofiq, fermentlarning nomi substratning kimyoviy nomidan, ferment katalizlaydigan reaksiya hamda fermentativ reaksiya mahsuloti asosida ataladi. Agar fermentativ reaksiya guruhlarning ko‘chishi bilan borsa, ularning nomiga akseptorning kimyoviy nomi xam qo‘shiladi. Masalan, qayta aminlanish reaksiyasini katalizlovchi piridoksalferment ilmiy nomenklatura bo‘yicha -alanin-2- oksoglutarataminotransferaza deb ataladi. Lekin fermentlar bilan ishlaganda, ularning ilmiy nomidan foydalanish ancha noqulay bo‘lganligi uchun travial (ishchi) nomlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Hozirgi kunda fermentlarning 3000 dan ortiq xillari aniqlangan. Jahon biokimyogarlarining V kongressida fermentlar bo‘yicha xalqaro komissiya taklif qilgan sinflarga bo‘lish qabul qilingan. Bunga ko‘ra, fermentlar 6 ta katta sinfga bo‘linadi va har biri qat’iy tartib raqamiga ega.
RR/+H-OH R-H+R/-ON
Fermentlarning bu sinflari o‘z navbatida kichik va kenja sinflarga bo‘linadi. Hozirgi kunda bor fermentlar ro‘yxatga olinib, ularning har biriga to‘rtta sonli alohida raqam-shifr belgilangan. Birinchi sinf raqami, ikkinchisi kichik, uchinchisi kenja sinf va oxirgisi esa konkret fermentning o‘ziga berilgan tartib raqami. Masalan, laktatdegidrogenaza KF 1.1.1.27 shifr, kodi bilan belgilanadi. KF-fermentlarning klassifikatsiyasi (sinflanishi) 1.1.1. bu raqamlarning birinchisi fermentlarning sinfi, ikkinchisi esa kichik sinf va uchinchisi kenja sinfga mansub ekanligini va oxirgi son (27) esa, shu fermentga berilgan tartib raqamini bildiradi. Download 39,2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling