9-ma'ruza mavzu. Fermentlarning xossalari. Fermentlar klassifikatsiyasi. Reja
Download 39.2 Kb.
|
3.Gidrolazalar. Mazkur fermentlar substratning ichki molekular bog‘larini suv ishtirokida uzish yo‘li bilan katalizlaydi. Gidrolazalar kimyoviy bog‘larni uzish xarakteriga qarab bir necha kichik guruhlarga bo‘linadi: esteraza, glikozidaza, peptidgidrolaza va boshqalar. Bu fermentlar boshqa enzimlardan farqli o‘laroq, bir komponentlidir.
Esterazalar murakkab efir bog‘larini uzadilar: Lipazalar triglitseridlardagi murakkab efir bog‘larini gidroliz qiladilar. Esterazalar fosfat kislotasining murakkab efirlari va uglevodlarni katalizlaydi. Bunday guruhdagi fermentlarni fosfotazalar deyiladi. Glikozidazalar glikozid bog‘larini gidrolizlash reaksiyalarini tezlashtiradi. Glikozidazalarga misol qilib maltazani ko‘rsatish mumkin: Polisaxaridlarga ta’sir qiluvchi glikozidazalardan keng tarqalganlari amilazalardir. Peptid-gidrolazalar. Kichik sinfga mansub bo‘lgan bunday fermentlar oqsil va peptidlardagi peptid bog‘larini gidroliz qiladi. Bunday reaksiya turlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Amidaza fermentlari dikarbon aminakislotalarni amidlari bo‘lgan asparagin va glyutaminlarni gidrolizlashda ishtirok etadilar: 4.Liazalar. Mazkur sinfga kiruvchi fermentlar har xil parchalanish va sintez reaksiyalarida ishtirok etadilar. Kimyoviy bog‘larni uzish yoki hosil qilishda (uglerod-uglerod, uglerod-azot, uglerod-kislorod) liaza fermentlari ishtirok etadi. Uglerod-uglerod liazalar keto- va aminokislotalarni dekarboksillanishini tezlashtiradilar. Dekarboksilaza yoki karboksiliazalar ikki komponentli fermentlar bo‘lib, koferment sifatida vitamin V1 ning fosforli efiri, ketokislotalarda esa vitamin V6 lar ishtirok etadi. Uglerod-kislorod liazalar (gidroliazalar) kichik sinfga mansub bo‘lib, organik birikmalarning gidratatsiya yoki degidratatsiya reaksiyalarni tezlashtiradilar. Bunday reaksiya turlari uglevod va yog‘ kislotalarining sintezi va parchalanishida kuzatiladi. Fumaratgidrataza fermenti suv molekulasini fumar kislotaning qo‘sh bog‘ qismiga biriktiradi. Uglerod-azot liazalar aminokislotalarni dezamirlanish fermentlaridir: Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling