9-ma'ruza mavzu. Fermentlarning xossalari. Fermentlar klassifikatsiyasi. Reja
Download 39.2 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transferazalar
9.2. Fermentlarning xossalari.
1.Oksidoreduktazalar. Bu fermentlarning katalizlash reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: Substrat + Akseptor Substrat (oksidlangan) +Akseptor (qaytarilgan) Keng tarqalgan oksidoreduktazalarning kichik sinflaridan oksidaza va degidrogenazalar uchraydi. Oksidazalar bular oksidoreduktazalar bo‘lib, yuqorida ta’kidlanganidek, vodorod atomi yoki elektronlarning bevosita kislorod atomiga uzatishda yoki substrat molekulasiga kislorodni biriktiradi: Degidrogenazalar vodorod atomini ajratuvchi oksidoreduktazalardir. Degidrogenazalar xoloferment bo‘lib, ularning kofermentlari sifatida nikotinamidadenin-dinukleotid (NAD), flavinadenindinukleotid (FAD) va xinonlar uchraydi. Vodorod atomining ko‘chishida NAD ning faol guruhi hisoblangan nikotin kislotaning amidi muhim ahamiyatga ega. Substratdan ajralgan ikkita vodorod atomining bittasi, nikotinamidning 4-holatidagi uglerod atomiga (S4), ikkinchi vodorodning elektroni esa piridin halqadagi azotga ko‘chadi va bir vaqtning o‘zida hosil bo‘lgan erkin proton reaksion muhitga o‘tadi: NAD ga bog‘liq degidrogenazalar vodorod atomini (spirt, aldegid, aminlar va boshqalar) substratdan gidrid-ion (N-), protonlar (N+) shaklida ajratadilar. Sut kislotasining (laktat) pirouzum kislotaga oksidlanishi NAD ga bog‘liq degidrogenaza ishtirokida bo‘ladi: FAD tariqasidagi koferment tarkibida fosforlangan vitamin V2 (riboflavinfosfat) tutib, ular substratdan 2 ta vodorod atomini ajratadilar: FAD ga bog‘liq degidrogenazaga misol quyidagicha: 2.Transferazalar tabiatda keng tarqalgan fermentlar bo‘lib, maxsus guruhlarni ko‘chirish bo‘yicha ular fosfotransferaza, aminotransferaza glikoziltransferaza, atsiltransferaza va boshqalarga bo‘linadi. Fosfotransferazalar fosfat kislota qoldiqlarini ko‘chirish reaksiyalarini katalizlaydi. Bu ferment ishtirokida fosforlangan birikmalar modda almashinuvida osonlik bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarga aylanadi. Mazkur kichik sinfga mansub bo‘lgan barcha enzimlar odatda fosfat kislotaning donori sifatida ATF yoki boshqa nukleozidtrifosfatlardan foydalanadi va ularni kinazalar deb ataladi. Kinazalarga ATF dan fosfatni glitseringa ko‘chiruvchi glitserolkinaza misol bo‘ladi: Aminotransferazalar aminoguruhlarni ko‘chirishda qatnashadilar. Bu fermentlar ikki komponentli bo‘lib, koferment tariqasida peridoksalfosfat (fosforlangan vitamin V6) ishtirok etadi. Glikoziltransferazalar monosaxaridlar qoldig‘ini boshqa birikmalarga ko‘chish reaksiyalarini ta’minlovchi ferment hisoblanadi. Bu fermentlar oligo-va polisaxaridlarning sintezi va parchalanishida ishtirok etadi. Uglevodlardagi glikozil qoldiqlari fosfat kislota molekulasiga ko‘chirilsa, bu jarayon fosforoliz deb, ataladi va unda fosforilazalar reaksiyani katalizlaydi. Saxaroza hosil bo‘lishida fosforilazalar glyukoza qoldig‘ini fruktoza molekulasiga ko‘chishini ta’minlaydi. Olego-va polisaxaridlarning sintezida glikozil qoldiqlari sifatida uridindifosfatglyukoza (UDF-glyukoza) hisoblanadi. Atsiltransferazalar asetat kislota qoldig‘i va boshqa karbon kislotalar atsil qoldiqlarini ko‘chish reaksiyalarini katalizlaydi. Mazkur fermentlarning faol qismini K0A tashkil etadi. Enzimning faol guruhi-SH bo‘lganligi va bu guruhga atsil qoldig‘i birikishi sababli koenzim A qisqacha qilib SH-K0A deb ifodalanadi. Transatsillanish reaksiyasiga misol tariqasida fosfoglitserindan ikki molekula atsil-K0A ishtirokida fosfotid kislotasini hosil bo‘lishini keltirish mumkin: Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling