9-Ma’ruza Mavzu. Informatika darslarida o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar Reja


Download 88.69 Kb.
bet4/6
Sana12.10.2023
Hajmi88.69 Kb.
#1700459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-Ma\'ruza

9.3.Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida o‘qituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.
Mustaqil ishlash o‘qituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni o‘rganilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni adabiyotlardan topib konspekt qilish, o‘rganish, referat yozish, fan to‘garaklariga qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi bo‘lib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol o‘ynaydi.
Informatika darslarida o‘quvchilarga mustaqil topshiriq berishda ko‘proq mantiqiy savollarga e’tibor qaratish lozim. Masalan quyidagicha:
1.Bit nima? 1bit, 5bit, 16 bit axborotni saqlash uchun nechta 2 li raqamdan foydalaniladi?
2.Bayt nima? 1bayt, 5baytt, 16 bayt axborotni yozish uchun necha bit kerak bo‘ladi?
3.Xavfsizlik eshigi uchta kalit bilan ochiladi, har bir kalit tushib qolishi, unitib qoldirilishi mumkin. Eshikni ochish uchun qancha kombinatsiyani saqlash kerak? Ularni yozib chiqing! Vahokazo.
Viktorina-bu ma’lum mavzu bo‘yicha qisqa va aniq javob berilishi kerak bo‘lgan kamida 10 savollar to‘plami. Viktorina o‘qitishni nazorat qilish vositasi bo‘lib, u dars boshlanishida ham , oxirida ham o‘tkazilishi mumkin. Dars boshlanishida o‘tkazilsa, o‘rganilganlarni faollashtirilishini nazorat qilish, dars oxirida o‘tkazilsa, bugungi o‘rganilganlarni mustahkamlashni nazorat qilish bajariladi. Viktorina 5-6 minutdan oshmasligi kerak!
O‘qituvchi viktorina mavzusini e’lon qiladi. Savollarni ekranga birin-ketin chiqarib, o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar unga javob beradilar. Yakunlangach o‘qituvchi kim necha bahoga o‘zlashtirganligini e’lon qiladi.
Krossvord-o‘rganilgan bilimlarni nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Ular joriy, mavzuiy va umumlashgan krosvordlar ko‘rinishida bo‘ladi. Birinchi-joriy krossvord tuzishda joriy o‘rganilgan materiallar bo‘yicha o‘quvchilarning asosiy bilimlarini tekshirishga qaratilgan 10-12 savoldan iborat krossvord tuziladi. Ikkinchi-mavzuiy krossvord tuzishda ma’lum mavzu bo‘yicha o‘rganilgan vsosiy va qo‘shimcha bilimlarni sinash uchun 15-25tadan ko‘p bo‘lmagan mavollardan iborat krossvord tuziladi. Uchinchi-umumlashgan krossvord tuzishda o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan katta hajmdagi choraklik yoki yarim yillik o‘quv materiallarni hisobga olib krossvord tuziladi. U unda savollar soni 15-30 tadan oshmaydi [62].
Kichik keys. Ta’lim jarayonida ko‘proq keys‑stadi (inglizcha sase - to‘plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) deb yuritilib, keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan nazorat turi [28].
Keysga misol MS Excel elektron jadvali yacheykasida sanani kiritgan edingiz, o‘rniga noma’lum belgilar paydo bo‘ldi. Siz nima qilgan bo‘lar edingiz?




Download 88.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling