9-Maruza Mavzu: Loyihalami avtomatlashtirishda foydalaniladigan exm va xtiar haqida umumiy ma'lumotlar


EHM apparat vositalari va tizimlari


Download 348.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.09.2023
Hajmi348.79 Kb.
#1690004
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Maruza

EHM apparat vositalari va tizimlari 
EHM apparat vositalarining hammasi ikki guruh: markaziy va periferiyali qurilmalarga 
bo‘linadi. 
Ma’lumotlarga bevosita ishlov beradigan markaziy qurilmalarga markaziy protsessor, operativ 
xotirada saqlovchi qurilma (OXQ) va kiritish-chiqarish protsessori (KChP) kiradi.Periferiyali 
qurilmalarga kiritish, chiqarish, ma’lumotlarni tayyorlash va katta hajmdagi informatsiyalarni 
saqlash funktsiyalarini bajaruvchi qurilmalar kiradi. Hamma periferiyali qurilma (PQ)larga umumiy 
bo‘lgan narsa – ular ma’lumotlar mazmunini saqlagan holda ularning ifodalanish shaklini bir 
ko‘rinishdan boshqachaga o‘zgartiradi. 
Markaziy protsessor bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va protsessor bilan 
birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq ravishda informatsiyani qayta o‘zgartirishga mo‘ljallangan. 
Operativ xotirada saqlovchi qurilma ma’lumotlarni va dasturlarni saqlash, qabul qilish va 
chiqarish vazifalarini bajaradi. 
Kiritish-chiqarish protsessorlari (kanallar) markaziy protsessor ishtirokisiz OXQ va PQ 
orasida informatsiya almashinuvini boshqarish, OXQ va PQ ishi tezliklarini muvofiqlashtirish
kiritish-chiqarishni dasturlashni unifikatsiyalash va yangi PQlarni ulash imkonini ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan. Kiritish- chiqarish kanallari bilan interfeys tushunchasi bog‘liq; interfeys – bu 
jihozlar majmuidir; ular yordamida kiritish-chiqarish kanallari PQlarini boshqarish qurilmalari bilan 
hamda kanal va PQ orasida ma’lumotlarni uzatish tartibini aniqlovchi unifikatsiyalashgan 
algoritmlar va signallar bog‘lanishi amalga oshiriladi. 
Bir nechta PQning bir vaqtda ishlashi shu bilan ta’minlanadiki, ularning ish tezligi odatda 
kanal ish tezligidan past va kanal bir nechta PQ orasida kanal umumiy vositalaridan foydalanish 
vaqtini taqsimlab (multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi. 
Ma’lumotlarni almashinish jarayonini boshqarish funktsiyalari kanal va PQ boshqarish 
qurilmasi (PU kontrolleri) orasida taqsimlanadi: hamma PQ uchun umumiy bo‘lgan funktsiyalar 
kanalda, ushbu PQ uchun maxsus funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi. 

Download 348.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling