9-Maruza Mavzu: Loyihalami avtomatlashtirishda foydalaniladigan exm va xtiar haqida umumiy ma'lumotlar
ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin
Download 348.79 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- EHM bilan operativ aloqa qurilmalari
- Protsessorlar.
- Intel protsessorlari tarixi.
ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
1) katta hajmli informatsiyalarni saqlash, har xil ma’lumotnoma tavsifidagi informatsiyani, namunaviy loyihaviy yechimlar va sh.k. o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini (MB) tashkil qilish uchun mo‘ljallangan tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar; 2) kiritish-chiqarish va alfavitli-raqamli informatsiyani hujjatlashtirish qurilmalari; ular perfo- tashuvchilardan informatsiyani kiritish-chiqarishni va turli tashuvchilarda olingan loyihaviy yechimlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradilar; 3) EHM bilan operativ aloqa qurilmalari; ular muhandisga istalgan ixtiyoriy vaqtda unga qulay bo‘lgan usulda ALT bilan muloqotda bo‘lish imkonini beradi (odatda bular – turli displeylar va nutqiy kiritish-chiqarish qurilmalari); 4) mashina grafikasi qurilmalari; ular grafik shaklda foydalangan informatsiyani kiritish- chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo‘ljallangan; 5) teledostup va EHM tarmoqlarini tashkil qiluvchi texnikaviy vositalar; ular EHM bilan masofadagi ALT foydalanuvchilari orasida, loyihalash tarmog‘i tashkil qilinganda ALT TVKiga kiruvchi hamma EHMlar orasida va ALT TVKsi va hisoblash tarmog‘i orasida aloqani amalga oshiradi; 6) texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari; ular oraliq tashuvchilarni chetlab, loyihalangan ob’yektlar haqidagi ma’lumotlarni bevosita avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga, raqamli dasturaviy boshqariladigan dastgohlarga va boshqa shunga o‘xshash jihozlarga uzatish imkonini beradi; 7) ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari; ular EHM ishtirokisiz, avtonom ravishda turli tashuvchilarga ma’lumotlar va dasturlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari boshqa periferiya qurilmalari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki EHM bilan elektr yordamida bog‘langan va undan istalgancha uzoqlikda joylashishi mumkin. Dasturni bajarishda protsessor OXQdan navbatdagi komandani tanlab oladi va bu komanda bo‘yicha qanday amallar bajarilishi kerakligini aniqlaydi, talab qilingan amallarni bajaradi va shu vaqtning o‘zida OXQdan keyingi komandani tanlab oladi, olingan natijani OXQga jo‘natadi va butun sikl boshidan takrorlanadi. Shunday qilib, protsessor va OXQ doimo o‘zaro muloqotda bo‘lib istalgan dasturni bajarishadi, kerak bo‘lganda TSga kiritsh-chiqarish kanallari yordamida murojaat qiladi. Protsessorlar. Markaziy, ixtisoslashgan, kiritish-chiqarish, ma’lumotlarni uzatish va kommunikatsion protsessorlarni farqlashadi. Protsessor (mikroprotsessor) – bu kompyuterning eng katta mikrosxemasi. Protsessor o‘nlab millionlab tranzistorlardan tarkib topadi; ular yordamida mantiqiy sxemalar yig‘iladi. Protsessorning asosiy ichki sxemalari – arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki xotira (registrlar) va kesh- xotira (o‘ta operativ xotira) hamda hamma operatsiyalarni boshqaruvchi sxemalar va tashqi shinalarni boshqarish sxemalari («tashqi dunyo» bilan aloqa sxemalari). Intel protsessorlari tarixi. IBM bilan ishlay oladigan kompyuterlar rivojining tarixi Intel protsessorlaridan boshlanganligi sababli ushbu korporatsiyaning protsessorlarini ko‘rib chiqamiz. Savollar 1. EHMning asosiy texnikaviy parametrlarini bayon qiling. 2. EHMning apparat vositalari haqida aytib bering. 3. Protsessorning texnikaviy xarakteristikalarini hisobga olgan holda uning optimal modelini tanlang. Download 348.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling