9-ma`ruza Mавзу: Suyuqliklarni uzatish. Nasoslar Reja


Download 232.49 Kb.
bet10/12
Sana20.06.2023
Hajmi232.49 Kb.
#1630402
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
!!9-мавзу, Насослар

6. Boshqa turdagi nasoslar
Quyultirilgan suyuqliklarni uzatish uchun (olxo`ri, o`rik, olcha va meva-rezavorlar sharbati va qiyomi) qovushoqligi 1000 Pa•s qiymatga teng bo`lgan suyuqliklar uchun rotastion hajmiy nasoslar (mononasoslar) ishlatiladi.
Mononasosning asosiy qismlari stator 1 va rotor 2 bo`ladi (1-rasm).
Odatda, stator ichi ikki yo`lli, yuzali, vintli, profilli, yuqori rezbali stilindrdan tashkil topgan.
S tatorga bir yo`lli rotor o`rnatilgan bo`lib, u o`zining asosiy o`qi va statorning ko`ndalang kesim o`qi atrofida ham aylanadi.
Stator va rotor orasida hosil bo`ladigan yopiq bo`shliqlar 3, nasos ishlashi paytida suyuqlik bilan to`lib turadi va rotor aylanganda, aksial qo`zg`alib boradi. Rotor aylanganda bu bo`shliq hajm 0 dan maksimumgacha o`zgaradi, bo`shliq ortib borganda suyuqlik so`rib boriladi.
Mononasosning konstrukstiyasi 2-rasmda keltirilgan. Nasos korpusi cho`yandan yoki zanglamaydigan po`latdan tayyorlanadi. Stator esa, tabiiy kauchuk, sintetik, maxsus rezina, poliuretan, plastik massadan, yumshoq polivinil xlorid, teflon, poliamiddan, rotor - esa zanglamaydigan metall va plastmassadan tayyorlanadi.
Bu nasoslarning bosimi 2,4 MPa va unumdorligi 200 m3/soat gacha bo`lishi mumkin. Nasoslarda sovitish yoki isitish uchun g`iloflar bo`lishi mumkin. Statorning ishchi temperaturalar oralig`i –30 dan +300S gacha.
Kichik bosim bilan katta miqdordagi suyuqliklarni uzatishda o`qli nasoslardan foydalanish yuqori samara beradi (3-rasm).
Bu turdagi nasoslarning ishchi g`ildiragi eshkakli vint shaklida tayyorlangan bo`ladi. Suyuqlik kurakcha yordamida ilib olinadi va korpusda aylanib, o`qning yo`nalishi bo`ylab uzatiladi. Nasosdan keyin suyuqlikni aylanma harakatini to`g`rilab beruvchi uskuna joylashgan bo`ladi.

Quyuq, yuqori qovushoqli suyuqliklarni uzatishda shesternyali nasoslardan foydalaniladi (4-rasm).
Nasos cho`yan korpusdan yasalgan bo`lib, unga 2 ta bir-biri bilan ilashadigan shesternyalar o`rnatilgan bo`ladi. Shesternyalardan biri elektr yuritkichga ulangan bo`lib, etaklovchi bo`lsa, ikkinchisi - etaklanuvchi hisoblanadi.

S hesternyalar o`zaro ilashishdan chiqqanida siyraklanish hosil bo`ladi va suyuqlik nasosga so`riladi. Shesternya tishlari suyuqlikni so`rib ketadi va u aylanish yo`nalishi tomon harakatlanadi. Shesternya tishlari qaytadan ilashganda, suyuqlik uzatiladi. Shesternyali nasoslarni taqsimlab bergich sifatida qo`llash ham mumkin. Undan tashqari, kichik unumdorlikda, yuqori bosimni ta’minlab beradi.
Suyuqliklarni aralashtirish uchun markazdan qochma aralashtirgichlardan foydalaniladi (5-rasm).
Rasmda ko`rsatilganidek ma’lum nisbatda aylanayotgan barabanga kiradi va intensiv aralashadi. Suyuqlik aralashmasi greyferga kirib, bosim ostida aralashtirgichdan shtuster orqali chiqib ketadi.

Download 232.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling