9-ma’ruza mavzu


Bilish darajasidagi o`zlashtirishga doir


Download 51.09 Kb.
bet2/4
Sana07.02.2023
Hajmi51.09 Kb.
#1172779
1   2   3   4
Bog'liq
MARUZA-9

Bilish darajasidagi o`zlashtirishga doir:

  1. Suvda erimaydigan azobo`yovchi moddalar bilan qanday tolali mahsulotlarni bo`yash mumkin?

  2. Azotollar nima?

  3. Azotollarning tolaga moyilligi nimaga bog`liq?

Mavzuni mustahkamlashga doir testlar:
1).Azotashkil etuvchilar sifatida bu usul yangi ixtiro qilinganda qanday modda ishlatilgan
A) 2-naftol V) 2-naftilamin S) 1-naftol D) 1- naftilamin
E) 2-oksinaftoy kislota
2).Azotashkil etuvchilar sifatida hozirgi paytda qanday moddaning hosilalari ishlatiladi?
A) 2-naftol V) 2-naftilamin S) 1-naftol D) 1- naftilamin
E) 2-oksinaftoy kislota
3).10 kg azotol A sintez qilish uchun necha kg 2-oksinaftoy kislota kerak. Reaktsiya chiqimi 70 %.
A) 10,9 V) 7,63 S) 10,0 D)8,8 E) 11,0
4).75 kg anilindan 150 kg azotol A olindi, reaktsiya chiqimi necha % bo`ldi?
A) 76,0 V) 97,5 S) 89,8 D) 83,2 E) 81,7


2-savolning bayoni:Azoaminlardan diazoniy tuzini olish va uni saqlash murakkab bo`lganligi sababli anilin-bo`yoqchilik korxonalarida diazotashqil etuvchilar turg`un xolatda chiqariladi. Bu turg`un xolat aktiv va passiv bo`ladi.
Aktiv turg`un xolatdagi diazotashqil etuvchilar diazollar deb ataladi, ular suvda eritilgandayoq azoqo`shilish reaktsiyasiga kirishishga tayyor bo`ladi. Diazollarni olish uchun azoaminlar diazotirlanadi, ZnCl yoki organik disulfokislotalar yordamida cho`kmaga tushiriladi va suvsiz
N
a2 SO4 yoki Al (OH)3 lar bilan aralashtiriladi. Demak, diazollar diazoniy va metallarning qo`sh tuzi yoki diazoniy va sulfokislotalar tuzidir. Turg`un xolatdagi diazotashqil etuvchilar ichida diazollar keng qo`llaniladi. Misol tariqasida diazol alvon rang va pushti ranglarni ko`rsatish mumkin: 1.Diazol alvon rang 2J 2. Diazol pushti rang O

Passiv turg`un xolatdagi diazotashqil etuvchilar aloxida ishlovni talab qiladi, bo`lar diazotatlar (nitrozaminlar), diazaminobirikmalar, diazosulfanatlardir.


Diazotatlar diazoniy tuziga 25 % li NaOH eritmasini 1 molga 7-8 mol nisbatda ta`sir ettirib olinadilar. Ularni umumiy ko`rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: Ar-N=N-ONa. Diazotatlar aktiv formaga kislota ta`sirida o`tadilar. SHu sababli kislota bug`i va SO2 ta`siriga sezgir bo`ladi.
D
iazoaminlar ko`proq ishlatiladi, chunki ular saqlash davomida kislota bug`lari va SO2 ta`siriga chidamlidirlar. Ularni olish uchun diazoniy tuziga ishqorli yoki neytral sharoitda azoqo`shilish reaktsiyasiga kirishaolmaydigan alifatik yoki aromatik amin ta`sir ettiriladi. Bunday aminlar stabilizatorlar deb ataladi. Masalan:
1) Sarkozin 2) 5 - sulfoantranil kislota 3) Diazoamin qizil S
Diazoaminlar yuqori temperaturada suv bug`i yoki kislota bug`i ta`sirida aktiv xolatga o`tadi.
Diazosulfanatlar diazoniy tuziga Na2SO4 ni neytral yoki kuchsiz ishqorli sharoitda ta`sir etib olinadi, aktiv xolatga esa kislotali sharoitda kizdirilganda o`tadi.
Misol: Diazosulfonat ko`k:





Download 51.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling