9-ma’ruza mavzu


Download 51.09 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi51.09 Kb.
#1172779
  1   2   3   4
Bog'liq
MARUZA-9


9-MA’RUZA
MAVZU: SUVDA ERIMAYDIGAN AZOBO`YOVCHI MODDALARNI HOSIL QILUVCHI YARIM MAHSULOTLAR
MA’RUZA REJASI:



  1. Azotashkil etuvchilar-azotollar, turlari va xossalari

  2. Diazotashkil etuvchilar: aktiv va passiv turg`un holatlari

  3. To`liq ranglovchi tarkiblar


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Azotashqil etuvchi, azotollar, diazotashqil etuvchi, diazollar, diazotatlar, diazosulfonatlar, diazoaminobirikmalar,to`liq ranglovchi tarkiblar, diazotollar, diazoaminollar, diazosulfanollar
1-savolning bayoni: Avvallari suvda erimaydigan bo`yovchi moddalarni mato yuzasida hosil qilish uchun aromatik aminlar diazotirlanib, shu zaxoti hosil bo`lgan diazoniy tuzi pardozlash korxonasida ishlatilar edi. Ana shu jarayonlar past temperaturada olib borilgani sababli sovuq bo`yovchi modda nomini olgan. Diazoniy tuzini hosil qiluvchi aminlar (diazotashqil etuvchilar) azoaminlar deyiladi, ular asosan anilin; toluidinning hosilalaridir.

Masalan: - azoamin alvon rang 2 J
azoamin pushti rang O

Azotashkil etuvchilar sifatida bu usul yangi ixtiro qilingan vaqtda (1880) 2-naftol ishlatilgan, lekin uning tolaga moyilligi juda past bo`lgani sababli och ranglar olingan. So`ng azotashqil etuvchi sifatida paxta tolasiga moyilligi yuqori bo`lgan moddalar ishlatila boshlandi va bu moddalar azotollar deb ataldi. Azotollar 2-oksinaftoy kislotaning turli aromatik aminlar bilan hosil qilgan amidlari bo`lib, ular molekulasidagi amid guruxi azotolning tolaga moyilligini oshiradi. Xozirgi paytda 50 dan ortiq azotol ma`lum, ulardan keng qo`llaniladiganlari azotol A va azotol OA dir:

A
zotollar suvda erimaydi, ularni kuchli ishqoriy sharoitda suvda eruvchan xolatga o`tkaziladi:


Shu sababli asosan ishqor ta`siriga chidamli ip-gazlamalarni bo`yash, hamda gul bosishda ishlatiladi.
Suvda erimaydigan azobo`yovchi moddalarni mato g`ovaklarida sintez qilish uchun azotol eritmasi bilan mato shimdiriladi, so`ng siqilib, yoki qo`ritilib diazoniy eritmasi bilan ishlov beriladi. Rang sifati yaxshi.
MUXOKAMA UCHUN SAVOLLAR:

Download 51.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling