9-ma’ruza mavzu
Download 51.09 Kb.
|
MARUZA-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlashga doir testlar
- 3-savolning bayoni
MUXOKAMA UCHUN SAVOLLAR:
Bilish darajasidagi o`zlashtirishga doir: Diazotashkil etuvchi sifatida azogenlarni qo`llashning muammolari nimada? Diazotashkil etuvchining aktiv va passiv turg`un xolatlarini tuzilishi va olinishi qanday? To`liq ranglovchi tarkiblar nima? Mavzuni mustahkamlashga doir testlar: 1).Umumiy formulasiAr-N=N-O Na bo`lgan passiv turg`un diazotashkil etuvchi qanday ataladi? A). Diazoaminobirikma V) Diazosulfonat S) Diazol D) diazotat E) Azotol 2). Diazol nima? A) Diazoniy xlorid va metallarning qo`sh tuzi V) Diazoniy va sulfokislotalar tuzi S) A, V D) Azogen E) Diazoniy xlorid 3).25 kg anilindan necha kg diazol 2[C6H5 -N≡N]+ 2Cl‾ . ZnCl2 olinadi? 45,8 B) 48, 9 C) 63,0 D) 56,0 E) 50,0 4).30 kg Diazolpushtirang [O2N-(CH3O) C6H3 -N≡N]+ paranitro -orto metoksibenzoldiazoniy-2,5-naftalindisulfokislotani sintez qilish uchun necha kg 2,5-naftalindisulfokislota kerak? Reaktsiya chiqimi 80 %. 18,46B) 14.77 C) 16,7 D) 15,4 E)21,0 3-savolning bayoni: To`liq ranglovchi aralashmalar , azo- va diazotashqil etuvchilarning kukun xoldagi aralashmasi bo`lib, ular orasidagi azoqo`shilish reaktsiya ma`lum sharoitdagina boradi. Rapidlar (diazotollar), diazotat va azotol aralashmasi: Ar - N= N - O Na + Ra - ONa 2.Rapidazollar (diazosulfanollar), diazosulfonat va azotol aralashmasi: Ar - N= N – SO3 Na + Ra - ONa Rapidogenlar (diazoaminollar) diazoaminobirikma (triazinlar) va azotol aralashmasi: Ar - N= N - NHR + Ra - ONa Pologenlar, diazoaminobirikma (triazon) va azotol aralashmasi: Diazotollar tarkibidagi yarim maxsulotlar reaktsiyaga kirishib, suvda erimaydigan azobo`yovchi moddalar hosil bo`lishi uchun kuchsiz kislotali muhit qilmok kerak. Diazosulfanollar uchun esa yuqori tempertura (bug`li muhit) va kuchsiz kislotali muhit yaratish yoki oksidlovchi (K2 Cr2 O7) , bilan ishlov bermoq lozim. Diazosulfanollarda reaktsiya sodir bo`lishi uchun ular bilan shimdirilgan mato sirka yoki chumoli kislota bug`i bilan ishlov olishi kerak. YUqoridagi to`liq bo`yovchi tarkiblar kamchiligi shuki, kislotali muhitda ishlov berish murakkab, uskuna korroziyaga uchraydi. Bo`lar ichida pologenlar (Polshada chiqariladi) neytral sharoitda bug` ta`sirida bo`yovchi modda hosil qiladi. Rossiyada ham neytral muhitda aktiv xolatga o`tuvchi diazoaminobirikmalar chiqariladi. Ular asosidagi diazoaminollar nomlanishida «N» ko`rsatkichi bo`ladi. Bunday diazoaminobirikma olish uchun amin stabilizator qilib antranil kislotaning N - monoalqil hosilalari ishlatiladi. Atsetat tolalari uchun ishlatiladigan to`liq bo`yovchi tarkiblar azoatsetlar nomi bilan chiqariladi va azoamin va azotolning o`ta maydalangan aralashmasidir. Masalan, azoatset qizil S azoamin pushti rang O va azotol OA lar aralashmasidnan iborat. Azoatsetning sodali suspenziyasi bilan shimdirilgan atsetat matosi natriy nitritning kislotali eritmasidan o`tkaziladi. Bunda azoamin diazotirlanadi va diazoniy tuzi suspenziyadagi azotol bilan reaktsiyaga kirishib tola g`ovaklarida suvda erimaydigan azobo`yovchi modda hosil bo`ladi. MUXOKAMA UCHUN SAVOLLAR: Download 51.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling