9-Maruza. Moddaning agregat xolati. Moddaning zichligi. Suyuqlik va gazlar bosimi. Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim. Bosimni oʹlchash. Paskal qonuni
Download 0.72 Mb.
|
dfd7468ac613286cdbb40872c8ef3b06
Paskal qonuni
Yer atmosferasi unda turgan barcha jismlarga, jumladan boshqa gaz va suyuqliklarga bosim bilan ta`sir etadi. Suyuqlikka (yoki gazga) ta`sir etuvchi atmosfera bosimi shu suyuqlikning butun xajmiga uzatiladi. Masalan, (5,b) tenglamaga asosan ko’ldagi suvning bosimi 100 m chuqurlikda P = ρgh = (1000 kg/m3)(9,8 m/s2) x (100 m) = 9,8*105 N/m2, yoki 9,7 atm ga teng. Bu chuqurlikdagi to’liq bosim esa suvning bosimi va uning ustidagi xavo bosimidan iboratdir. Agar ko’l sirti deyarli dengiz sathida bo’lsa, u xolda to’liq bosim 9,7 atm + 1,0 atm = 10,7 atm ga teng bo’ladi. Bu frantsuz faylasufi va olimi Blez Paskal (1623- 1662) ning umumiy qonunlaridan birigagina misol bo’la oladi. Paskal qonuniga ko’ra chegaralangan xajmdagi suyuqlik yoki gazga ta`sir etavchi bosim xajm ichidagi barcha nuqtalarga o’zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuniga qator amaliy mexanizmlar asoslangan. Ikkita misol- avtomobilning gidravlik tormoz tizimi va gidravlik pod`emnik (rasm).
Gidravlik pod`emnikda uncha katta bo’lmagan kuch bir porshenning (chiqishda) ikkinchisinikiga (kirishda) qaraganda katta qilingani uchun katta kuchga aylantiriladi. Agar kirish parametrlarini i indeksi bilan, chiqish parametrlarini o indeksi bilan belgilasak, Paskal qonuniga muvofiq, yoki bo’ladi. kattalik mashina yuzaga keltirgan kuchdagi yutuqni ifodalab, porshenlar yuzalari nisbatiga tengdir. Agar, masalan, chiqish silindrida porshen yuzasi kirishdagiga nisbatan 20 marta katta bo’lsa, biz kuchdan 20 marta yutamiz. Bitta porshenga 100 kg li yuk qo’yib, biz ikki tolnnali avtomobilni ko’tara olamiz. Glosariy
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling