9-ma’ruza muammoli o’qitish texnologiyasi reja


Muammoli o’qitishning umumiy funksiyalari


Download 72 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1539639
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-маъруза

Muammoli o’qitishning umumiy funksiyalari:
 o’quvchilar tomonidan akliy- amaliy faoliyat usullarini va bilimlar tizimini uzlashtirish;
 talabalarning bilish mustakilligini va akliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
 didaktik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
Bulardan tashkari muammoli o’qitishning maxsus funksiyalari xam mavjud:
- bilimlarni uzlashtirishning ijodiy kunikmalarini tarbiyalash;
- bilimlarni kullashning ijodiy kunikmalarini tarbiyalash;
- ijodiy faoliyat amaliyotini shakllantirish va tuplash.
Demak, muammoli o’qitishning vazifasi tinglovchilar tomonidan bilimlar tizimi va akliy xamda amaliy faoliyatlarining usullarini samarali uzlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy kullash malakasini xosil qilish, o’quv va tarbiya muammolarini xal qilishdan iborat.
Muammoli o’qitish ijodiy yoki evristik tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Ijodiy metod ta’lim oluvchining ijodiy mustakilligini tula amalga oshiradi. Unda tinglovchilar pedagog bergan vazifani bajaradi va uzlari xam o’quv muammosini shakllantiradi, izlanishni amalga oshiradi va pirovard natijaga erishadi. Pedagog fakat tinglovchilarning ilmiy izlanishlariga umumiy raxbarlik kiladi. Ijodiy metoddan urganilayotgan kursning umumiy asoslarini kamrab olgan eng muxim mavzularni utishda foydalanish maqsadga muvofik.
Magistrant (talabalar)ning ijodiy ishlari shakliy jixatdan rang-barang. Ular ma’ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko’rish, u yoki bu masalaning nazariy xolatini (adabiyotlar bilan ishlash, xujjatlarni urganish) kurgazmali kurollar, didaktik materiallarni tayyorlash va boshkalar.
Kisman ijodiy metod murakkab muammoni bulaklarga ajratib, kulay masalalarini boskichma-boskich aniklab olishda kullaniladi va unda xal kilingan xar bir boskich masalaning keyingi boskichini yechishda asos bo’lib xizmat kiladi.

Muammoli o’qitish metodlarining tizimi.
Muammoli o’qitish metodlarining tizimi ikki xil bo’lib, ular umumiy metodlar tizimi va binar metodlar tizimidan tashkil topadi.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling