Uchburchaklar yasash ishlari
Download 21.96 Kb.
|
2Tojiyeva Ma\'mura Matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulotning borishi
- Tarbiyachi
- Bilmasvoy
- 1.Nafisa
- 5.Shaxzodbek
- 7.Umida
“Uchburchaklar yasash ishlari” mavzusida ochik mashgulot ishlanmasi. Bajardi: Tojiyeva Ma’mura Mashg`ulot: Matematika. Mavzu: Uchburchak yasash ishlari Maqsad: Bolalarning uchburchaklardan turli ko`rinishidagi, katta o`lchamdagi buyumlar va shakllar xosil qilish malakasini mustahkamlash. Kutilayotgan natijalar: Bolalar uchburchaklardan turli narsalarni, narsalarni xosil qilishni o`rganadilar. Kerakli jihozlar: Tarbiyachi uchun piramida, archa, tulki, dazmol, kuylak, ro`mol; Bolalar uchun: Oq qog`oz, rangli qalamlar, rangli qog`ozlar, yelim qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllari. Mashg`ulotning borishi: bolajonlar biz sizlar bilan qaysi geometrik shakllarni o`rganganmiz? Bolalarning javoblari: Mana shu geometrik shakllar bilan turli geometrik o`yinlar o`ynashimiz mumkin. Kelinglar bolalar bugun mashg`ulotimizni faqat uchburchakka bag`ishlasak “xa uchburchak oddiy shaklku buni bizdan kichiklar xam biladi-ku” deb o`ylayotganingizni bilib turibman. Bolalar, uchburchak oddiy emas. U sexrli, chunki uning qo`lidan juda ko`p ishlar keladi. Eshitinglar-a bolalar uchburchak uchta chiziqdan iborat bo`lgani uchun bu uchta chiziqlar doimo ushbu qo`shiqni aytib yurishar ekan: Uchta uchu, uchta burchak. Va yana uchta tomon. Uchchovimiz qo`shilishib. Yuramiz omon-omon! Qani bolalar atrofimizdagi narsalarga qarab, o`ylab ko`raylikchi. Uchburchak shakli ishlatilgan narsalar bor ekanmi? Shu payt eshik taqillab Bilmasvoy mexmon bulib kirib keladi. Tarbiyachi: Ie bolajonlar bizning guruximizga bilmasvoy mexmonga keldi. Bilmasvoy bolalar bilan salomlashmaysanmi? Bilmasvoy: Qanday salomlashaman. Tarbiyachi: Bu nima deganing salomlashishni xamma biladiku. Qani bolalar Bilmasvoy bilan bir chiroyli qilib salomlashaylikchi. Bolalar: Assalomu alaykum! Bilmasvoy: Assalomu alaykum. Tarbiyachi: Voy Bilmasvoy kiyimlaringni nega bunday qilib kiyding? Bilmasvoy: Qanday qilib kiyibman. Tarbiyachi: Bolajonlar Bilmasvoyning kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboramizmi!? (Shunda ikkita bola chiqib kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboradilar). Bilmasvoy sanashni bilasanmi? Bilmasvoy: Xa! Tarbiyachi: Bulmasam bizga sanab beringchi? Bilmasvoy: Bir, ikki, besh, sakkiz, o`n Tarbiyachi: Xay-xay Bilmasvoy ozgina adashmadingmi. Bolalar Bilmasvoyga tartib bilan sanashda yordam berib yuboramiz! Bolalar: Xa! Bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n. Tarbiyachi: Bolalar qaranglar Bilmasvoyning qalpog`i biz so`zlayotgan uchburchak shakliga o`xshar ekan-a. Bilmasvoy xozir biz bolalar btlan qiziqarli uchburchak xaqida gaplashayotgan edik. Xoxlasang sn ham bizning safimizga qo`shilsang! Bilmasvoy: Jonim bilan! Tarbiyachi: Kel mana bu yerda joy bor ekan o`tir va qiziqarli mashg`ulotimizda sen ham ishtirok et. Bolajonlar men xozir sizlarga uchburchak shakllarida oddiy narsalarni chizib ko`rsatib beraman, deb: -piramida, yelkanli qayiq, archa, masxarabozning qalpoqlarini chizib ko`rsataman. Tarbiyachi: bolajonlar uchburchakdan turli mo`jizalar yaratish mumkin. Men uchburchak shaklidan tulkini, qarg`ani, kuylakni, ro`mollarini chizib ko`rsataman. Bolalar uchun amaliy ish: Bolalar stoliga oq qog`oz, har-xil rangli qalam, rangli qog`oz, yelim, qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllarini qo`yib qo`yaman. Bolalar stolingiz ustida qo`yilgan uchburchaklardan mo“jiza yaratishingiz mumkin. Xoxlasangiz rasmini chizing, xoxlasangiz rangli qog`ozlardan qirqib yelimlashingiz yoki tayyor qirqilgan uchburchaklardan stol ustiga terib yasashingiz mumkin. Buning uchun tayyor namunalardan foydalaning, yoki o`zingiz o`ylab ijod qiling! Bolajonlar Bilmasvoyga ham o`zingizning shakllaringizdan, jixozlardan beramiz u ham yasashga xarakat qilmoqchi-undan so`ng bolalar ishini kuzataman. Qiynalgan bolalarga yordam beraman. Bolalar ijodiy ishlarini tugatganlaridan so`ng. O`z ishlarini qisqa ta`riflab beradilar. Undan so`ng bolalar bilimini tekshirish va mustaxkamlash uchun savollar berib javob olaman. 1.Nafisa:-Uchburchakning rechta tomoni va nechta burchagi bor? (Uchburchakning uchta burchagi va uchta tomoni bor). 2.Asrorbek:– rechta tayoqchadan uchburchak shaklini xosil qilishimiz mumkin? (uchta tayoqchadan uchburchak shaklini yasash mumkin). 3.Nozima:-Uyning qaysi joyi uchburchak shakliga o`xshaydi? (uyning shifti uchburchak shakliga o`xshaydi). 4.Bekzodbek:-Uchburchakdan nimalar yasading? (Uchburchakdan piramida, qayiq, archa, masxaraboz qalpog`i, tulki qarg`a, kuylak, ro`mol yasdik). 5.Shaxzodbek:-Uchburchak va to`rtburchakning farqi nimada? (uchburchak va to`rtburchak shaklining farqi burchaklari va tomonlarida). 6.Shoxijaxon:-Faqat bitta tayoqcha bilan stol ustida qanday qilib uchburchak xosil qilish mumkin? (tayoqchani stol burchagiga qo`yish kerak). 7.Umida:-Uchburchakni nima uchun uchburchak deymiz? (uchburchakni uchta tomoni va uchta burchagi bo`lgani uchun uchburchak deyiladi). Tarbiyachi:– bolajonlar siz men bergan savollarga juda to`g`ri javob berdingizlar xammangizga raxmat! Bilmasvoy:-Bolalar siz barcha narsalarni yaxshi bilar ekansizlar. Endi men ham sizning safingizga qo`shilaman Download 21.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling