9-ma’ruza muammoli o’qitish texnologiyasi reja


Download 72 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1539639
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-маъруза


9-MA’RUZA
Muammoli o’qitish texnologiyasi

REJA:

  1. Muammoli o’qitishning nazariy asoslari.

  2. Muammoli o’qitishning umumiy funksiyalari

  3. Muammoli o’qitish metodlarining tizimi

Oliy maktabga qo’yilgan maqsadga qarab o’qitishning muammoli va muammosiz bo’lishi mumkin. Agarda ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsad tinglovchilarda ularning fakrlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga karatilgan bulsa u xolda o’qitish muammoli bulmasdan ananaviy buladi.


Muammolilik bilishning qonuniyati sifatida, uni o’qitishdagi urnini aniklash didaktikasi.
Muammolik moxiyatini bilish qonuniyatlari sifatida urgatish, uning o’qitishdagi axamiyatini aniklash va didaktikaga “muammolik tizimini” kiritish talabalarning yangi o’quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish nazariy tushuntirishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Muammolik tizimi o’quv jarayonining mantikiy tuzilishni, urganilayotgan materialning mazmunini, talabalarning o’quv uzlashtirish faoliyatlarini tashkil qilish usullarini, ularni boshkarishni, dars texnologiyasini va pedagogning talabalar faoliyatining natijasini nazorat qilishni aks ettiradi. Agar pedagog muammoli o’qitishni tashkil qilish nazariyasining moxiyatini va mazmunini, o’qitishning texnik vositalarini, usullarini, shakllarini yaxshi o’zlashtirsa va ularni amaliy faoliyatida ijodiy qo’llay olsa, u xolda muvaffakiyat uz-uzidan keladi. Pedagogning yaxshi didaktik tayyorgarligi juda muximdir, chunki umumiy nazariyani yaxshi bilmay turib, ishga ijodiy yondoshish mumkin emas. O’qitish jarayoni san’at bo’lib, o’z faniga talabalarni jalb qilish, fikriy bilishning go’zalligini namoyon qilish, talabalarni mustakil fikrlashga undashdan iborat.
Muammoli o’qitishning nazariy asoslari.

Bizning maktablardagi asosiy masala bo’lib, u garmonik rivojlangan shaxsni shakllantirish xisoblanadi.


Xar tomonlama rivojlangan shaxsning asosiy ko’rsatgichil bo’lib, ulardagi fikrlash qobiliyatining mavjudligi xisoblanadi. Agar o’qitish ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga olib kelsa, u xolda uni rivojlantiruvchi o’qitish bilan birga olib borilsa, bunday o’qitishda, muallim fikrlash qobiliyatining qonuniyatlariga suyangan xolda, maxsus pedagogik vositalar asosida talabalarning bilishga intilishi va fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga karatilgan fanning asoslari o’qitish jarayonidan iborat bulsagina bunday o’qitish muammoli buladi.
Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini tayyor usullar bilan faollashtirishga karatilgan o’qitish yuli ijodiy bulmaydi.
Muammoli o’qitish yuli bilan faollashtirish maqsadi shundan iborat buladiki, unda tasodifiy jamlangan aloxida fikrlash qobiliyatini urgatish darajasidan iborat bulmay, maqsadli vazifalarni yechish uchun fikriy ta’sirlarni tizimli olib borish zarur. Bunday faollikda tinglovchi taxlil, solishtirish, sintezlash, umumlashtirish va amalda uni konkretlashtirib, yangi ma’lumot olishdan iborat buladi. Boshkacha aytganda, bu avval uzlashtirilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni kengaytirish va chukurlashtirishdan iborat. Avvalgi bilimlardan foydalanib bunday xulosalarga kelishni na muallim, na kitob urgatolmaydi, u talaba tomonidan izlanadi va topiladi. – bu esa bilishning izlanuvchan usulidan iborat.
O’quvchilarni xakikiy faollashtirish ularning mustakil izlanishlari bilan emas, balki muammoni yechish orkali amalga oshadi. Agar izlanish nazariy texnikaviy va amaliy o’quv muammolarini yechishga karatilgan bulsa, u xolda bunday o’qitish muammoli o’qitishga aylanadi.
Muammoli va ana’naviy o’qitishlar orasidagi fark ikki xolatdan iboratligini ko’rish mumkin: ular bir-biridan pedagogik jarayonning maqsadi va tamoyili bilan ajraladi.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling