9-ma’ruza: shpaklevka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklevka qorishmalari. Reja
Download 1.21 Mb.
|
9-QQT (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari.
9-MA’RUZA: SHPAKLEVKA ARALASHMALARI. GIPS BOG‘LOVCHI ASOSIDA SHPAKLEVKA QORISHMALARI. Reja: 1. Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari 2. Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari. Shpaklevka ishlarini bajarish uchun yuzalar tozalanadi, silliqlanadi, undagi yoriqlar to‘ldiriladi, aliflanadi, yopasiga shpaklevkalanadi va yana bir borib silliqlanib chiqiladi. Yangi suvalgan yuzani suvashga tayyorlashda chang, iflosliklar, suvoqning oqib chiqqan joylari tozalanadi. Bunda yog‘och brusokning yon tomoni bilan yuza aylanma xarakat kilib silliqlanadi yoki jilvir kog‘oli maxsus moslamadan foydalanadi. Ortiqcha joylar shpatel yoki kirg‘ich yordamida ko‘chirib tashlanadi. Surtiladigan aralashma yaxshi joyga ishlash uchun yoriklarni shpatel va maxsus pichok bilan 450 burchak ostida qirqiladi, 2-3 mm li chuqurlikda o‘yiladi. Moyli bo‘yoq bilan bo‘yaladigan yuza alif moyida gruntlanadi. Yelimli bo‘yoq surtiladigan yuzadagi yoriqlarni to‘ldirishda gips – bo‘r yoki gips yelim korishmasi ishlatiladi. Yuzani sifatli bo‘lishi uchun ikkinchi marta shpaklyovkalanadi va silliqlanadi. Shpaklyovkali to‘ldirilgan yoriqlar qurigandan so‘ng boshlanadi. Yelimli shpaklyovka tabiiy yelim ( 5 % eritmasi ) – 1 l, alif moyi (oksol ) – 50 g, xujalik sovuni – 20 g, bo‘r – kerakli quyuqlikka kelguncha. Moyli shpaklyovka – oksol alif moyi – 1 kg, erituvchi – 100 g, sikkatav – 100 g, xayvonit yelimi ( 10% li eritmasi ) – 0.2 g, xo‘jalik sovuni – 20 g, maydalab elangan bo‘r kerakli quyuqlikka kelguncha solinadi. Bunday shpaklevka tayyorlash uchun alif moyi erituvchi va sikkativ bilan aralashtiriladi. Bu aralashmaga alohida tayyorlangan sovun-yelimli eritmani tez aralashtirgan holda quyiladi, so‘ng bo‘rni ezib qo‘shib qorishtirib kerakli quyuqlikdagi shpaklyovka hosil qilinadi. Shpaklyovkani birinchi qavati 1-1.5 mm da yogoch shpatel yordamida surtiladi.Shpatelni yuzaga nisbatan 10-15 gradus burchakda ushlanadi va bir paytda ikkinchi qo‘l bilan ustidan bosib yurgiziladi. Avval shpatel gorizontaliga yurgizilsa, ikkinchi martada unga perpendikulyar holda harakatlantiriladi. Shpaklevkaning birinchi qatlam qurigach silliqlanadi va yelimli bo‘yoq surtiladigan bo‘lsa kuporosli grunt tarkibi (bo‘rsiz) bilan ishlov beriladi. Agar moyli bo‘yok surtiladigan bo‘lsa shpaklyovkadan so‘ng gruntlash shart emas. Shpaklyovkaning ikkinchi qatlami 0.5 mm qalinlikda yuqoridagi usulda metall shpatel bilan bajariladi Shpaklevka shpatel bilan qo‘lda surtish ancha sermehnatli jarayon hisoblanadi. Ish unumini oshirish uchun andavaga rezinadan tig‘ hosil qilib surtish foydalidir. Yuzani tekislash uchun rezinali shpateldan ham foydalaniladi. Ikkinchi shpaklyovkadan so‘ng yana yuza silliqlanadi va gruntlanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling