4- rasm. Akvapanel listlarining strukturasi: 1 – armaturalovchi to‘r; 2 – keramzitobetonli o‘zak.
Plitalarni ishlab chiqarish konveyer yordamida amalga oshirilib, ikki tomoni shishamatoli to‘r bilan qoplangan yengil betondan butun polotno qoliplanadi. Plitaning ikki tomoniga portlandsement xamiri suyuq qilib sepib chiqiladi. Polotnoning eni plitaning enini belgilaydi.
Tayyor bo‘lgan yengil beton tasmasidan kesib, zarur o‘lchamdagi Akvapanel plitalari tayyorlanadi. Bu plitalarning bet tomoni silliq, orqa tomoni g‘adir-budir qilib tayyorlanadi.
Akvapanel listlarining xossalari 1 – jadvalda keltirilgan.
1– jadval.
Akvapanelning texnik xossalari
Ko‘rsatkichlari
|
Tashqi
|
Ichki
|
Uzunligi, mm
|
1200 yoki 2500
|
1200
|
Eni, mm
|
900
|
Qalinligi, mm
|
12,5
|
Vazni, kg/m2
|
~16
|
~15
|
Zichligi, kg/m3
|
~1200
|
~1050
|
Egilishdagi mustahkamligi, kam emas, MPa
|
10
|
7
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/m∙K
|
0,32
|
0,27
|
5- rasm. Akvapaneldan foydalanib karkas qoplamali tashqi devor namunasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |