9-ma’ruza: shpaklevka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklevka qorishmalari. Reja


Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari


Download 1.21 Mb.
bet2/5
Sana07.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1754075
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-QQT (1)

Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari

Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) kompozitsion sistemani tashkil qilib, ko‘p funksional vazifaga ega bo‘lgan quruq komponentlardan tashkil topgan bo‘ladi. QQQ ning asosiy tashkil qiluvchilari quyidagilar: mineral bog‘lovchi moddalar, to‘ldirgichlar, mikroto‘ldirgichlar, modifikatsiyalovchi va plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar.


Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) ko‘p komponentli bo‘lishiga qaramasdan belgilangan markani olishni kafolatlovchi doimiy takibga ega bo‘ladi. Ularning tarkibida berilgan vaqt va harorat rejimida ishlashga imkoniyat beruvchi plastifikatsiyalovchi, gidrofoblovchi, suv ushlab qoluvchi va boshqa turdagi qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. Quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish kerakli ish xajmi uchun zarur bo‘lgan ishchi qorishma porsiyasini tayyorlash imkoniyatlarini beradi.
Bunda mexanizatsiyalash darajasi oshadi, ishchilarning soni kamayadi, tashqi muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kamayadi.
Mineral bog‘lovchi moddalar sifatida ko‘pincha sement, ohak, gips ishlatiladi. To‘ldirgichlar sifatida esa ko‘pincha maksimal yirikligi 2,5 mm gacha bo‘lgan tabiiy kvarsli qumlar va fraksiyalarga ajratilgan maydalangan bazaltli, ohaktoshli, marmarli qumlar qo‘llaniladi. Mikroto‘ldirgichlar sifatida kukun yoki chang ko‘rinishidagi andezit, dolomit va boshqa mineral moddalar ishlatiladi. Ushbu maqsadlar uchun faol texnogen chiqindilar: maydalangan shlak, uchirma-kul, mikrokremnezem ishlatilishi mumkin. Barcha dispers mikroto‘ldirgichlar donasining maksimal o‘lchami 100 mkm dan oshmasligi lozim.
QQQ larda aloxida rol qo‘shimchalarga beriladi. Dunyo miqyosida QQQ larni ishlab chiqarishning rivojlanishi avvalom bor qurilishdagi pardozlash va maxsus ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlarning sifatini yaxshilash zaruriyati bilan bog‘liq hisoblanadi.
Qurilish materiallari bozorida maxalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif qilinuvchi QQQ larning keng ko‘lamli assortimenti mavjud.
QQ ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi xorijiy firmalar quyidagilar: “Knauf”, ”Babkok-BSKH”, “Sakret-Zentrale”, “Simpelkamp”, “PCI” (Germaniya), “Sika AG” (Shvetsiya), “Lohja”, “Fexima” “Raute Dry Mix”, «Partek» (Finlyandiya), “Serett”, “Super Carocol” (Fransiya) va boshqalar.
«Watcher KG» firmasi turli tarkibga ega bo‘lgan QQQ larning 11 xilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ular g‘isht va beton sirtlar ustidan suvoq qoplamalrini bajarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu QQQlar asosida tayyorlangan qorishmalar o‘ta mustahkamligi, asos bilan adgeziyasi yuqoriligi, qotishining tezkorligi bilan ajralib turadi.
Raute Dry Mix» firmasining QQQ lari uy-joy qurilishining barcha sohalarida ichki va tashqi pardozlash ishlarini bajarish uchun muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelmoqda. Ushbu QQQ lar asosida tayyorlangan qorishmalarning o‘ziga xosligi ularning tarkibidagi qumning donadorligi ratsional nisbatda tanlanganligi tufayli o‘ta kichik kirishishga ega bo‘lishi hisoblanadi.
Finlyandiyaning «Partek» firmasi fraksiyasi 0,3 – 1,0 mm bo‘lgan ohaktoshli mikroto‘ldirgich qo‘shilgan quruq suvoq qorishmalarining 4 ta navini ishlab chiqaradi. Tarkibidagi maxsus qo‘shimchalari hisobiga ushbu quruq qorishmalar asosida tayyorlangan suvoqlar qotganidan so‘ng yuqori gidrofoblik xususiyatlarini namoyon qiladi. Shu tufayli ular namligi yuqori bo‘lgan xonalarda ham qo‘llanilishi mumkin.
Qurilish materiallari bozorida «KNAUF» (Germaniya) firmasining QQQ eng katta talab qozongan. Sanoat binolarining ichki suvog‘i uchun ko‘proq sement asosidagi QQQ dan foydalaniladi. «KNAUF» firmasining sement asosidagi barcha QQQ lari modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarga ega. Shu tufayli ulardan tayyorlangan qorishmalar yuqori darajadagi texnologiyaga oid xususiyatlarga, qotib qolgan qorishma esa yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Xozirgi kunga kelib olimlarimiz tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar arzon QQQ larni o‘zimizda tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Bunga maxalliy xom ashyo va materiallardan foydalanish, xamda maxalliy modifikatorlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin. Bugungi kunga kelib QQQ lardan bundan xam kengroq miqyosda foydalanishga ularning narxining nisbatan balandligi to‘sqinlik qilmoqda.
Pardozlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan QQQ lardan tashqari g‘isht terish, yelimlash, germetizatsiyalash uchun mo‘ljallangan QQQlari ham ishlab chiqariladi
Quruq qurilish qorishmalari bir qator omillarga: bog‘lovchining turi, mikroto‘ldirgichning dispersligi va asosiy vazifasiga ko‘ra tavsiflanadi
Bog‘lovchining turiga ko‘ra turlari: sementli; sementsiz.

  • Mikroto‘ldirgichning dispersligiga ko‘ra turlari:

  • yirikdonali – mikroto‘ldirgichlar donalarining eng katta yirikligi 2,5 mm gacha;

  • maydadonali - mikroto‘ldirgichlar donalarining eng katta yirikligi0,315 mm gacha.

  • Vazifasiga ko‘ra QQQlar quyidagi turlarga bo‘linadi (1-jadval).


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling