9-maruza: uch fazali va mahsus transformatorlar reja: Uch fаzаli trаnsformаtor; Аvtotrаnsformаtorlаr
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза № 9
Tokni oʼlchash transformatori. Kuchli toklarni kuchsiz toka aylantirishda
tok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformator birlamchi chulgʼamining oʼramlari soni koʼp boʼlmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi va oʼlchanadigan tok u orqali oʼtadi. Ikkilamchi chulgʼamining oʼramlari soni nisbatan koʼp boʼlib, unga oʼlchov asboblari ( ampermetr, vattmetr, schyotchiklarning tokli gʼaltaklari) ketma-ket ulanadi. Tok transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va belgilanishi 9.4- a va b rasmda koʼrsatilgan. Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi: Oʼlchanayotgan tokning haqiqiy qiymatini bilish uchun ampermetrning koʼrsatishini transformatsiya koeffitsienti ga koʼpaytirish kerak. Ikkilamchi chulgʼamning nominal toki 5 amperga moʼljallangan boʼlib, unga ulanadigan elektr oʼlchov asboblari birlamchi chulgʼamdan oʼtadigan tokka moslab darajalanadi. Ulanadigan oʼlchash asboblarining elektr qarshiligi unchalik katta boʼlmaydi. Shuning uchun tok transformatori, koʼpincha, qisqa tutashuv rejimida ishlaydi. Demak, tok transformatorlarini ishlatishda ikkilamchi chulgʼamga ulangan yuklamaning qarshiligi nominaldan oshmasligi shart. Birlamchi zanjirdan tok oʼtib turganida ikkilamchi zanjir aslo uzilmasligi va ochilib qolmasligi kerak. Mabodo ikkilamchi zanjir uzilsa, tok transformatoridagi magnit oqimi kuchayib ketib, ikkilamchi chulgʼam uchlarida hayot uchun xavfli kuchlanish yuzaga keladi. Shuning uchun tok transformatorning ikkilamchi chulgʼami elektr oʼlchov asboblariga ulangan yoki qisqa tutashgan boʼlishi shart. Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 10 aniqlik sinflariga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling