9-maruza: uch fazali va mahsus transformatorlar reja: Uch fаzаli trаnsformаtor; Аvtotrаnsformаtorlаr
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза № 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Pаyvаndlаsh trаnsformаtori. 1. Uch fаzаli trаnsformаtor
1 9-MARUZA: UCH FAZALI VA MAHSUS TRANSFORMATORLAR REJA: 1. Uch fаzаli trаnsformаtor; 2. Аvtotrаnsformаtorlаr; 3. Oʼlchаsh trаnsformаtorlаri; 4. Pаyvаndlаsh trаnsformаtori. 1. Uch fаzаli trаnsformаtor Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy poʼlat oʼzakka ega boʼlib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu oʼzak boʼylab tutashadi. Uch fazali transformatorning poʼlat oʼzagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulgʼamlari joylashtirilgan. Chulgʼamlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha belgilanadi. Chulgʼamlar qanday sxemada ulanishidan qatʼiy nazar birlamchi chulgʼamning bosh (А,V,S) va oxirgi (X, Y, Z) uchlari katta harflar bilan, ikkilamchi chulgʼamning bosh (a, b, c) va oxirgi uchlari (x, y, z) kichik harflar bilan belgilanadi. Birinchi oʼraladigan chulgʼamning oʼralish yoʼnalishi ixtiyoriy, ammo qolgan fazalarning chulgʼamlari birinchi oʼralgan chulgʼamning yoʼnalishida oʼralishi kerak. Faqat shundagina ayrim fazalardagi toklarning va ularni hosil qilgan magnit oqimlarilarning shartli musbat yoʼnalishi taʼminlangan boʼladi (9.1- a rasm). Kirxgofning birinchi qonuniga binoan istalgan vaqt lahzasida uchala faza magnit oqimlarining yigʼindisi doimo nolga teng. Masalan, 9.1- b rasmdagi magnit oqimlarining oʼzgarish grafigidan koʼrinadiki, boʼlgan vaqtda oʼzining musbat maksimal qiymatiga erishgan boʼlsa, qolgan ikkita magnit oqimi FB va larning manfiy yarim maksimal qiymatlarga ega boʼlishi uchala faza magnit oqimlarining poʼlat oʼzak boʼylab qoʼshilishini (9.1- c rasm) bildiradi, yaʼni 2 ̅ ̅ ̅ . 9.1-rasm. A B C X Y Z x y z a b c A B C Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling